Bojxona va soliq

Kontraktda o’qiydiganlarga soliq imtiyozi beriladimi?

Savol: O’ZMUga hujjat topshirdim. Shartnoma asosida o’qishga kirishga muvaffaq bo’ldim. Bundan tashqari ishlayman. O’qish boshlangani uchun ishimni yarim stavkaga qisqartirmoqchiman. Shartnoma asosida ta’lim olayotganlarga o’zining va ota-onasining maoshlaridan shartnoma to’lovi amalga oshirilganda daromad solig’i borasida imtiyozlar borligi haqida eshitdim. Shu haqda  ma’lumot bersangiz.

Javob: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2010-yil 24-mart qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo’naltiriladigan mablag’larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozni qo’llash tartibi to’g’risidagi” nizomga binoan 2010-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta‘lim olishga (o’zining o’qishi yoki yigirma olti yoshga to’lmagan farzandlarining ta‘lim olishi uchun) yo’naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinmaydi.

Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida o’zining o’qishi yoki yigirma olti yoshgacha bo’lgan o’z farzandlarining o’qishi uchun yo’naltiriladigan summalariga (keyingi o’rinlarda o’qish uchun to’lov deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi o’rinlarda soliq chegirmasi deb yuritiladi) ko’rinishida beriladi.

Jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi o’qish uchun to’lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

— o’z mablag’lari;

— jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;

— yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag’lari (ssudalar).

— o’zining o’qishi yoki o’z farzandlarining o’qishi uchun to’langanda soliq chegirmasi jismoniy shaxs — ta‘lim oluvchiga, shuningdek, agar o’qish uchun to’lov ta’lim oluvchi yigirma olti yoshga to’lguniga qadar amalga oshirilgan bґo’sa, uning ota-onalariga beriladi.

To’lov manbaida soliq chegirmasini taqdim etish tartibi

To’lov manbaida soliq chegirmasi ta’lim uchun to’lov quyidagilar hisobiga amalga oshirilganda taqdim etiladi:

— to’langan summalarni jismoniy shaxsning soliq solinadigan daromadlaridan keyinchalik ushlab qolish sharti bilan berilgan ish beruvchining mablag’lari;

— O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtiga yoki tijorat bankiga olingan ta‘lim kreditini qoplash evaziga ish beruvchi tomonidan o’tkazib beriladigan jismoniy shaxsning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari.

Jismoniy shaxslar soliq chegirmasini olish uchun ish beruvchiga daromadlarini o’qish uchun to’lovga (kreditni qoplashga) o’tkazish to’g’risidagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:

— talaba (talabalar) bilan O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurti o’rtasida to’lovli-kontrakt asosida o’itish to’g’risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

— tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

— ta‘lim oluvchining (ta’lim oluvchilarning) pasporti va (yoki) tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasi nusxasi.

Ushbu Nizomning 11-bandida ko’rsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lov manbaida ushlab qolmaslik uchun asos bo’ladi.

Tґo’ov manbaida soliq chegirmasi qo’llanilganda jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya taqdim etilishi talab qilinmaydi, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

One Comment

  1. Men savolim shundan iboratki men chet eldan kompyuter buyritma bergandm ular menga yaqinda jonatishmoqchi oshanga bojxonadan o’tkazayotganda mening tavarm uchun qancha haq to’layman?