Savol: Men to’lov kontrakti asosida o’qishga kirganimda talaba krediti olganman. Kredit berish tartibiga ko’ra, kam ta’minlangan oilalarga berilgan kontrakt puli foizining 50 foizini to’lashi kerak bo’lgan tashkilot o’z hisasini to’lashdan bosh tortib, har xil bahonalar va haqorat so’zlarni ishlatib, qo’lingdan kelganini qil, deyapti. Men shikoyat qilish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?
Javob: Savolda tilgan olingan tashkilot bu tuman/shahar Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazidir. “Oliy o’quv yurtlarida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlari berish to’g’risida”gi Nizomga binoan, kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan talabalar uchun kredit bo’yicha qo’shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhufaza qilish markazlari (bundan keyin Markaz) tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’ari hisobiga to’lanadi (6-band).
Birinchi navbatda, Markazdan kredit bo’yicha qo’shilgan foizlarning 50 foizi nimaga to’lanmayotgani haqida rasmiy tushuntirish olishga harakat qiling. Buning uchun siz Markazga yozma ravishda murojaat qilib, arizangizda nima sababdan to’lovlar to’xtatilganligi haqida tushurtirish berilishini so’rashingiz kerak. “Fuqarolarning murojaatlari” to’g’risidagi qonunga ko’ra, markaz arizangizga bir oy ichida javob berishi kerak. Agar bu muddat ichida arizangizga javob berilmasa yoki muammoning ijobiy hal bo’lishiga yordam bermasa, keyingi shikoyatingizni bo’ysivuv tartibida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligiga yuborishingiz kerak. Shikoyatingizni bir vaqtning o’zida tuman/shahar Prokuraturasiga ham yuborishingiz kerak.
Fuqarolarning davlat organlari va mansabdor shaxslar ustidan shikoyat qilish tartibi haqida oldingi maqolalarimizda batafsil yozganmiz (O’qing: Mansabdor shaxslar ustidan shikoyat qilish tartibi)