Xabarlar

“Konstitutsiyaning himoya kuchi” mavzusidagi huquqiy maqolalar tanlovi natijasi

Tashabbus loyihasi 2016-yil dekabr oyida O’zbekiston Republikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligiga 24 yil to’lishi munosabati bilan “Konstitutsiyaning himoya kuchi” nomli ilmiy-huquqiy maqolalar tanlovini e’lon qilgan edi.

Tanlovdan ko’zlagan maqsad huquqshunoslik sohasi vakillarini huquq va erkinliklarni kafolatlovchi konstitutsiyaviy prinsiplar va normalar haqida  ilmiy izlanishga rag’batlantirish va mazkur prinsiplar bo’yicha fuqarolarning bilimini oshirish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga fuqarolarning huquqiy bilim va ko’nikmalarini oshirish orqali hissa qo’shish bo’ldi.

Tanlov shartlariga ko’ra, unda huquqshunoslar, huquqshunoslik talabalari va huquqshunoslik sohasida ilmiy maqola yoza oladigan yaqin soha vakillari ishtirok etishi mumkinligi belgilangan edi. Shuningdek, tanlovda faqat ilmiy-huquqiy yo’nalishdagi maqolalar qabul qilishni e’lon qilgan edik.

Tanlov davomida kelib tushgan ilmiy maqolalar Tashabbus huquqshunoslari tomonidan tanlov talablariga javob berishiga ko’ra baholanib, quyidagi yakuniy qarorga kelishdi.

1-o’rin: Abror Masharipov, “So’zni erkin aytish huquqi” — 100 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.

2-o’rin: Furqatjon Jumanazarov, “Dalillarni nomaqbul deb topishning ayrim masalalari” — 75 AQSh dollari bilan taqdirlanadi.

Afsuski, boshqa kelib tushgan arizalar ichidan 3-o’ringa loyiq maqola topilmadi. Biz tanlovga qiziqish bildirgan barcha ishtirokchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va huquqiy izlanish va tadiqoqtlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

O’tkazilgan tanlov huquqshunoslar va yosh huquqshunoslik talabalarida huquqni tahlil qilish, ularni amalda qo’llash va mukammallashtirish borasida muhokama uyg’otdi, deb umid qilamiz.

Tanlov g’oliblarining maqolalari yaqin kunlarda Tashabbus saytida e’lon qilinadi.

Comments are closed.