O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2016-yil 12-oktabrda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligning yigirma to’rt yilligi munosabati bilan amnistiya to’g’risida” qaror qabul qildi. Mazkur qarorga ko’ra,
a) ayollar;
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;
g) chet davlatlar fuqarolari;
d) Amnistiya to‘g‘risidagi Qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda I yoki II guruh nogironlari, shuningdek sil kasalligining faol shakliga chalingan (dispanser hisobida 1 va 2 guruh) deb e’tirof etilgan shaxslar jazodan ozod qilinadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati uch yildan ko‘p bo‘lmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar jazodan ozod qilinadi.
Qarorda bunda boshqa amnistiya tatbiq qilinishi mumkin bo’lgan shaxslar guruhi tilga olingan.
Qarorda shuningdek amnistiya tatbiq qilinmaydigan yuqorida tilga olingan shaxslar guruhi hamda boshqa shaxslar guruhi haqida ham qoida belgilangan.
Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozimligi belgilangan.
Qarorning to’liq matni bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.