Savol: Men Kollejni bitirganimga 2 yil bo’ldi, lekin ishga kirganim yo’q. Ko’pchilik agar uch yil mobaynida diplomni ishlatib ishga kirmasa, diplom kuyar ekan deydi. Shu gap qanchalik rost?
Javob: Bunday huquqlar bo‘yicha ta’sir etish muddati bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qaroriga
1-Ilova sifatida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida” Nizomga ko’ra,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga:
Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq:
- akademik litseylar uchun – ta’lim yo‘nalishi ixtisosligi bo‘yicha fanlar;
- kasb-hunar kollejlari uchun – o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kasblari va mutaxassisliklar tayyorlash yo‘nalishlari klassifikatorlariga muvofiq malaka darajasi, egallangan kasb va unga qo‘shimcha mutaxassisliklar ko‘rsatilgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
- Diplomlarga o‘zlashtirilgan umumta’lim va maxsus (kasbiy) fanlar (kurslar), soatlar hajmi va ular bo‘yicha baholar (reyting), shuningdek bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ko‘rsatilgan holda kiritma varaqcha ilova qilinadi.
Davlat attestatsiyasidan o‘tmagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga ta’lim darajasiga va takroriy davlat attestatsiyasiga 3 yil mobaynida talab qo‘yilmaydigan ishga joylashish huquqini beradigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom oliy ta’lim muassasasiga kirish yoki egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi.
Savolda aytilgan holatni tasdiqlovchi asos qonunchilikda o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q Kollej, litsey va universitetlarni tamomlaganlik to’g’risida beriladigan diplomlarga ta’sir etish muddati belgilanishi mumkin emas. Chunki diplom o’qishni tamomlaganlikni bildiradi, ishlash uchun ruxsatnoma emas. Demak, kollejni tugatganlik to’g’risidagi diplom uning egasi uch yil ishlamagan taqdirda o’z kuchini yo’qotishi haqidagi gapga asos mavjud emas.