Konstitutsiyaviy huquq

Kanadaga borish uchun OVIR olishning o’zi yetarlimi?

Savol: OVIRni olsang ko’p davlatlarga chiqish mumkin deb eshitganman. Kanada bilan O’zbekiston respublikasi o’rtasida viza rejimi o’rnatilgan. Agar OVIR olsam, Kanadaga kirish mumkinmi? U yerga kirish uchun faqat OVIRning o’zi yetarlimi? U davlatning vizasini olish shart emasmi? OVIR o’zi nima?

Javob: OVIR bu ruscha, o‘zbekcha tarjimasi –  O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining  joylardagi “Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi”dir. Chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri (keyingi o‘rinlarda stiker) xalq tilida OVIR deyiladi. OVIR yoki chet elga chiqish stikeri bu ichki viza, O’zbekiston davlati o’z fuqarolarining mamlakatdan chiqishi uchun beriladigan viza. Qaysi davlatga borishdan qat’iy nazar, O’zbekistondan chiqish uchun stiker talab etiladi. MDH davlatlarining ayrimlari bilan vizasiz rejim o’rnatilgan bo’lib, ularga borish uchun stiker olish talab etilmaydi. Ammo mazkur MDH davlatlaridan uchunchi MDH bo’lmagan davlatga chiqish uchun ham stiker talab etiladi. Masalan, Rossiyadan OVIR stikerisiz borib, u yerdan Kanadaga uchib keta olmaysiz. MDH davlatlari bilan O’zbekiston o’rtasida mazkur qoida xalqaro shartnoma asosida (Minsk shartnomasi) kelishilgan bo’lib, undagi MDH davlatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari uni ijro qiladi.

Chet davlatlarning kirish vizasiz. Har bir davlat xorijiy fuqarolarni o’z hududiga kiritish uchun viza belgilashi mumkin. Ayrim holatlarda ikki davlat o’zaro vizasiz rejim o’rnatishi mumkin. O’zbekiston fuqaroli qaysi davlatga kirish vizasi olmasdan bora olishi yoki qaysi davlatga kirish vizasini olish talab etilishini bilish uchun Tashqi ishlar vazirligining vebsaytiga kiring.

OVIR olsangi,z istalgan mamlakatga chiqishingiz mumkin. Faqat boradigan mamlakatingizga, agar u davlat bilan O’zbekiston o’rtasida vizali rejim o’rnatilgan bo’lsa, kirish vizasini olishingiz kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli qaroriga 1-ilova sifatida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari” Tartibining 3-bandiga ko‘ra chet elga vaqtincha chiqayotganda fuqarolarga chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri (keyingi o‘rinlarda stiker deb yuritiladi) rasmiylashtirilishi, fuqarolar ko‘rsatilgan muddat mobaynida bir necha marta chet elga chiqishi mumkinligi belgilangan.

Comments are closed.