Mehnat va jtimoiy ta'minot

Ilmiy izlanuvchiga ijodiy ta’til beriladimi?

Savol: Ilmiy  tadqiqot muassasasida ishlayman, kasbim tarixchi. O’quv qo’llanma yaratish maqsadidaman. O’z ilmiy ishim uchun ijodiy ta’til olmoqchi edim. Buning uchun kimga murojaat qilaman, tartib-qoidasi qanday?

Javob: Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga muvaffaqqiyatli olib boruvchi shaxslar uchun izlanuvchilariga nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalarini olish dissertatsiyalarini, shuningdek, darsliklar va o’quv-uslubiy qo’lanmalar qo’lyozmalarini tugallashlari uchun mualliflarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida asosiy ish joylaridagi o’rtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda nomzodlik dissertatsiyasini va darsliklar hamda o’quv-uslubiy qo’llanmalarni tugallashlari uchun mualliflarga 3 oygacha;

jamoa shartnomalarida yoki ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillar organi o’rtasidagi bitimga ko’ra, mazkur tartib uzoqroq muddatga belgilanishi mumkin.

Davlat oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga oliy o’quv yurti, ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining tavsiyanomasiga ko’ra, darsliklar yoki o’quv-uslubiy qo’llanmalar yozishlari uchun asosiy ish joylaridan ijodiy ta’til beriladi.

Ish mualliflar jamoasi bilan yoziladigan bo’lganda ijodiy ta’til mualliflar jamoasining barcha a’zolari tomonidan tasdiqlangan yozma holdagi arizaga ko’ra, mualliflar jamoasi a’zolaridan biriga beriladi.

Ilmiy ta’til tamom bo’lgandan so’ng muallif oliy o’quv yurti, ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashiga qo’lyozma holidagi ishni, asosiy ish joyidagi muassasa, korxona, tashkilotning rahbarlariga esa ishning tugallanganligini tasdiqlovchi hujjat topshiradi.

Nodavlat oliy o’quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijodiy ta’tillar berish hamda ularning muddati jamoa shartnomasida tartibga muvofiq xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.

Comments are closed.