Mehnat va jtimoiy ta'minot

Ishsizlik nafaqasi kimlarga beriladi?

Savol: Ishsiz deb topilgan fuqorolarga ishsizlik nafaqasi to’lanarkan. Bu qanday amalga oshiriladi? Qaysi holatlarda fuqarolarga ishsizlik nafaqasi to’lanadi?

Javob: Ishsiz fuqarolarni davlat mehnat organlarida ro’yxatga olish, ularni ishga joylashtirish va nafaqa to’lash tartibi asosan “Mehnat organlarida fuqarolarni ro’yhatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi”gi Nizomi (bundan keyin Nizom) bilan tartibga solinadi. Nizomning faqat rus tilidagi matni mavjud.

Nizomning 4-bandiga binoan, hukumat tomonidan tuzib chiqilgan ishsizlarga ijtimoiy yordam berish dasturlaridan foydalanish uchun, ish qidirayorgan shaxslar birinchi bo’lib tuman yoki shahar “Banlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi”dan (bundan keyin Bandlikka ko’maklashish Markazi) ro’yhatdan o’tishlari kerak. Bandlikka ko’maklashish markazi rus tilida “Центр содействия занятости и социальной защиты населения” deb ataladi.

Ish qidirayotgan shaxslarni ro’yxatga olish ish bilan ta’minlanishga ehtiyoji bo’lgan va/yoki malaka oshirish jarayonidan o’tishi kerak bo’lganlarga moddiy yordam berish maqsadida amalga oshiriladi (16-band).

Ish qidirayotgan kishilar sifatida quyidagilar ro’yxatga olinishi mumkin: (1) 16 yoshga to’lgan, tuman yoki shahar Bandlikka ko’maklashish markaziga murojaat qilgan, mehnat qilishga, kasb o’rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash jarayonidan o’tishga  rozilik bildirganlar; (2) Ishsiz va mehnat daromadisiz bo’lganlar; (3) Mehnat Kodeksining 98-modda (“Korxona mulkdori almashgan, korxona qayta tashkil etilgan, idoraviy bo’ysunuvi o’zgargan hollarda mehnat shartnomasi amal qilishining davob etishi”) va 100-moddalarida (“Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish”) ko’rsatilgan hollarda ishdan bo’shatilishi mumkin bo’lganlar; (4) Mehnat qilishga layoqatli nogironlar; (5) Mehnat faoliyatini davom ettirishni xohlagan nogironlar; (6) Ish joyini yoki kasbini o’zgartirmoqchi bo’lgan, mehnat qilishga qobiliyatli bo’lganlar.

Nizomning 18-bandiga ko’ra, ish qidirayotgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tish uchun fuqaroga mahaliy o’z-o’zini boshqarish organlarida ishlaydigan Bandlikka ko’maklashish markazi xodimlari ko’maklashadilar.

Nizomning 38-bandiga ko’ra, ishsiz deb Bandlikka ko’maklashish markazida ro’yxatdan o’tgan, 16 yoshga to’lgan, ro’yxatga olinish chog’ida ishi yoki ish daromadi bo’lmagan, mehnat qilishga tayyor, kasb o’rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlashdan o’tishga tayyor kishiga aytiladi. Ba’zi toifadagi shaxslar ishsiz deb tan olinmasligi mumkin. Ularning to’liq ro’yxati bilan Nizomning 39-bandida tanishib chiqishingiz mumkin. Ular qatoriga, jumladan, quyidagi toifadagi shaxslar kiritilgan: ish qidiruvchi sifatida ro’yxatdan o’tgandan keyin ilk 10 kun ichida taklif etilgan ikkita ishdan voz kechgan kishi; shu muddat ichida Bandlikka ko’maklashish markazi taklif etgan ishlarni qabul qilishga sababsiz kelmaganlar; ikki yoshga to’lmagan farzandini boqish sababli ishlamayotgan ayollar va boshqalar.

Agar Bandlikka ko’maklashish markazi ish qidiruvchi sifatida ro’yxatdan o’tgan shaxsga 11 kun ichida munosib ish taklif qilolmasa, Bandlikka ko’maklashish markazi u kishini ishsiz deb e’lon qiladi va bu haqda qaror qabul qiladi (40-band). Ishsiz deb e’lon qilish masalasi bilan shug’ullanuvchi Bandlikka ko’maklashish markazi qoshida 5 kishidan iborat maxsus Komissiya faoliyat ko’rsatadi (42-band). Ishsiz deb e’lon qilish qarori haqida shaxsga yozma ravishda qaror qabul qilingandan so’ng eng kechi bilan 5 kun ichida xabar beriladi. Bildirishnomada ishsiz kishining huquq va majburiyatlari, Bandlikka ko’maklashish markazida qayta ro’yxatdan o’tish sanalari, ishsizlik nafaqasini olish joyi va shartlari kabi ma’lumotlar beriladi (45-band).

Yuqoridagi tartibda ishsiz deb tan olingan shaxsga nafaqa to’lanadi. Nafaqa to’lashga asos bo’lib Bandlikka ko’maklashish markazining qarori xizmat qiladi. Ishsizlik nafaqasi turli toifadagi shaxslar uchun qaysi kundan belgilanishi haqida batafsil ma’lumotni Nizomning 53-bandidan o’qishingiz mumkin.

Ishsizlik nafaqasi qaysi muddatga belgilanishi asosan O’zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonunining 27-moddasi bilan tartibga solinadi. Ishsizlik nafaqari miqdorini tayinlash tartibi  Nizomning 56-68-bandlarida bayon etilgan.

Comments are closed.