Xabarlar

Tashabbus ishga qabul qiladi

“Tashabbus” sayti o’z faoliyatini kengaytirayotgani bois quyidagi yo’nalishlar bo’yicha huquqshunoslarni va huquqshunoslik sohasida o’qiyotgan talabalarini ishga taklif etadi:

–           Konstitutsiyaviy huquq;

–           Jinoyat huquqi va jinoyat protsessi;

–           Fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessi;

–           Ma’muriy huquq;

–           Uy-joy huquqi;

–           Xo’jalik huquqi;

–           Soliq va bojxona huquqi.

Agar siz shu yo’nalishlar yoki ulardan biri bo’yicha yaxshi bilim va malakaga ega bo’lsangiz, biz bilan ishlashga taklif etamiz.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

Ishga qabul qilinish uchun nomzodlar kamida quyidagi bilim, daraja va malakalarga ega bo’lishi lozim:

–          Huquqshunoslik bo’yicha O’zbekistonda kamida bakalavr darajasini qo’lga kiritgan bo’lishi yoki bakalavr bosqichining 3 yoki 4-kursi talabasi bo’lishi (Xorijda huquqshunoslik sohasida o’qiyotgan talabalar yoki ishlayotgan huquqshunoslar, agar O’zbekiston huquq tizimi va qonunchiligini yaxshi bilishini ko’rsatib bera olsa, yuqoridagi shartdan ozod qilinishi mumkin);

–          Rus tilida yozilgan qonunchilikni o’qib tushuna olishi, yozma o’zbek adabiy tilini mukammal bilishi va o’zbek tilida rasmiy-huquqiy uslubda jiddiy uslubiy va imloviy xatolarsiz yoza olishi;

–          Yuqorida tilga olingan huquq yo’nalishlari bo’yicha yetarli bilim va malakaga ega bo’lishi;

–          O’zbekiston Respublikasining shu sohalarga oid qonun, kodeks va boshqa qonuniy hujjatlari bilan yaxshi tanish bo’lishi;

–          www.lex.uz qonunlar to’plami portali va “Pravo”, “Norma” kabi elektron qonunlar to’plamlaridan kamida bittasida ishlashni bilishi;

–          Internetga ulangan kompyuterga ega bo’lishi kerak.

Ish va ishlash tartibi haqida:

Yoshi, jinsi, millati va yashash joyidan qat’i nazar, yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha munosib nomzodlarni ishga taklif etamiz. Tanlov bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar kontrakt asosida to’liq bo’lmagan stavkada ishga qabul qilinadi. Ularga, asosan, fuqarolardan kelgan yuridik savollarga javob berish vazifasi topshiriladi. Berilgan vazifalarni internet orqali o’z uylarida yoki ish joylarida bajarishlari mumkin. Javoblar “Tashabbus” sayti ishlab chiqqan savollarga javob berish tartibi talablariga javob berishi kerak.

Maosh javob berilgan savollar soni va sifatiga qarab to’lanadi.

Ishga qabul qilish jarayoni:

Agar siz yuqoridagi talab va shartlarga javob bersangiz, tashabbus@gmail.com elektron manziliga rezyumengizni yuborishingizni so’raymiz.

Ishga qabul qilishdan oldin, “Tashabbus” tanlab olingan nomzodlar bilan suhbat va imtihon o’tkazishi mumkin.

Tashabbus haqida:

“Tashabbus” sayti O’zbekistonda kuchli huquqiy demokratik davlat qurilishi jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Izoh: “Tashabbus” mustaqil nodavlat tashkilot bo’lib, hech bir siyosiy, diniy, mafkuraviy guruh, muxolif partiyalar yoki tashkilotlarga aloqador emas.

10 Comments