Mehnat va jtimoiy ta'minot

Ish stajiga ega bo’lmaganlar keksalik nafaqasini olishi mumkinmi?

Savol: Onam 7 ta farzandni tarbiyalagan uy bekasi bo’lgan, ish stajiga ega emas. 1958-yilda tug’ilgan. Onam nafaqa olish huquqiga egami?

Javob: O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonuninig 1-modda 4-bandiga ko’ra, ish stajiga ega bo’lmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar.

“Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi” to‘g‘risida Nizomning 8-bandiga ko’ra, ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga etgan farzandlari, qarindoshlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi.

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo‘lmagan va yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo‘lgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo‘lgan taqdirda ham yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin.

Mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari bor va ular onalarini moddiy ta’minlay oladigan hollarda, onangizga davlat tomonidan hech qanday nafaqat to’lanmaydi.

Comments are closed.