2016-yil 16-sentabrda “Ichki ishlar organlari to’g’risida” qonun imzolandi.
Mazkur qonunni ishlab chiqilishi uchun 5 yildan ortiq vaqt ketdi. Kuzatishimizcha, imzolangan qonunda bir necha kamchiliklar mavjud. Qonundagi mazkur kamchiliklar vakolatlarni suiiste’mol qilish qonun kuchga kirganidan keyin ham davom etishiga olib kelishi mumkin. Shunday bo’lsa-da, ushbu qonunda har birimiz bilishimiz va talab qilishimiz mumkin bo’lgan quyidagi uch asosiy qoida belgilangan:
1-qoida: Ichki ishlar xodimlari Konstitutsiya va qonunlar talablariga aniq (!) rioya etishi va bajarishi shart. Ular qonunga xilof xatti-harakatlarini [1] xizmat manfaatlari; [2] iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik; yoki [3] yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablari va buyruqlari bilan oqlashi/ro’kach qilishi mumkin emas. (6-modda).
2-qoida: Qiynoqlarga solish, zo’ravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada bo’lish ta’qiqlanadi (8-modda).
3-qoida: Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida: [1] o’z lavozimini; [2] unvonini; [3] ism-sharifini; [4] fuqaroning talabiga ko’ra xizmat guvohnomasini ko’rsatishi shart. Ichki ishlar xodimi mazkur xatti-harakatlarni bajargandan keyingina (!) murojaat qilishining sababini va maqsadini ma’lum qilishi shart (8-modda).
Qonun e’lon qilingandan kundan 6 oydan o’tib kuchga kiradi. Mqzkur qonun 2016-yil 17-sentabr kuni e’lon qilindi. Demak, qonun 2017-yil 17-martdan boshlab kuchga kiradi.