Vijdon erkinligi

Hijob o’rash jinoyatmi?

Savol: Aytishlaricha bu yildan maktablarga ro’molda kelgan qizlarning ota onalarini Jinoyat Kodeksidagi qaysidur statya bilan qamashar ekan. Shu rostmi?

Javob: O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida  hijobda yurganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish haqida modda mavjud emas. Bunday qoida mavjud bo’lishi ham mumkin emas, chunki bunday norma O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va boshqa qator qonunlarga zid hisoblanadi.  O’zbekiston Respublikasi qonunchligiga ko’ra hech bir huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining ayollarni va maktab o’quvchi qizlarni ro’mol o’raganligi uchun qamab qo’yishga haqqi yo’q. Tabiiyki, hijobli qizlarning ota-onalariga dahl qilish ham noqonuniy hisoblanadi.

Mavzuga yaqin savolga quyida batafsil javob berilgan:

Maktab ichki nizomlarida hijobga taqiq qo’yish qonuniymi?

3 Comments

  1. Savobli işga kol uribsizlar. Allah baraket va kolaylık versin.

  2. Pingback: TASHKILOT NIZOMLARI QONUNLARGA ZID KELSA NIMA QILISH KERAK? » Qonun ustuvorligi yo'lida

  3. o`zbekistondagi harbiy maktablar (yosh bolalar uchun) haqida batafsil ma’lumot bersangiz. oldindan rahmat.