Fuqarolik huquqi

Haydovchilik guvohnomasini qanday olish mumkin?

Savol: Mening yoshim 17 da, haydovchilik guvohnomasi olmoqchiman. 17 yoshdagilarga haydovchilik guvohnomasini berilishi mumkinmi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli qaroriga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni o‘tkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomga ko’ra, mototransportni boshqarishni o‘rganuvchi 16 yoshga; engil va yuk avtomobillarini boshqarishni o‘rganuvchi 18 yoshga; tramvay, trolleybus, avtobuslar va mikroavtobuslarni boshqarishni o‘rganuvchi 21 yoshga to‘lgan shaxslarga tegishli imtihondan o’tgach haydovchilik guvohnomasi topshirishga ruxsat etiladi.

Mudofaa vazirligi tomonidan transport vositalari haydovchilari mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga jalb etilgan chaqiriluvchilar o‘qishni tugatganlaridan so‘ng, 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsalarda, hududiy YHXB imtihonlariga kiritiladilar. Ularga, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, tegishli toifadagi («V», «S» yoki «VS») transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik  guvohnomasi va uning taloni beriladi. Bunda «Alohida belgilar uchun» katagida uning egasi qaysi muddatdan (18 yoshga to‘lganidan keyin) avtomobil boshqarish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatiladi.

8 Comments