Fuqarolik huquqi

Harbiy xizmatga kimlar yaroqli

Savol: Ukam o’tgan yili bir yillik armiya xizmatiga borish uchun o’tkaziladigan tibbiy ko’rikdan o’ta olmadi. Tibbiy komissiya barmog’i qiyshiq, degan xulosa bergan. Ukamning o’zi xizmat qilishni juda istagandi.
Ammo bu yil tuman harbiy komissari yana chaqiriuv qog’ozi orqali chaqirib, endi 1 oylik xizmatga borishi majburligini aytmoqda. O’tgan yili tibbiy komissiyadan o’tolmagan desak, bir yillik xizmat bilan bir oylik xizmat farq qiladi, borishga majbur demoqda. Bilasiz, bir oylik xizmat pullik bo’lib hammaning ham sharoiti ko’tarmaydi. Bu narsa harbiy komissarga tushuntirilganda, unday bo’lsa xizmatga yaroqsiz deb harbiy bilet uchun harajat qilasiz. 200 ming so’m berasiz degan. Bunday holatda biz pora bermaslik uchun nima qilishimiz kerak?  Bir yillik harbiy xizmatga berilgan tibbiy xulosa bir oylik uchun ham o’tadimi? Bizning bir oylik emas, bir yillik xizmatni tanlash huquqimiz bormi?

Javob: O’zbekiston Respublikasida harbiy xizmatni o’tashga doir masalalar “Mudofaa to’g’risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi qonunlar hamda bir qancha nizomlar bilan tartibga solinadi.

Bir yillik harbiy xizmat hamda bir oylik safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmat uchun tibbiy ko’rik bir xil bo’ladi. Amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, bir yillik harbiy xizmat uchun o’tkazilgan tibbiy ko’rik xulosasida jiddiy asos bilan, masalan, barmog’i qiyshiq, degan asosli xulosa berilgan bo’lsa, ushbu shaxs harbiy xizmatga yaroqsiz deb topiladi.

Ukangizning holatida, agar komissiya bir oylik safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga borishini aytishayotgan bo’lsa, siz ushbu komissiyaga bir yillik harbiy xizmat uchun o’tkazilgan tibbiy ko’rik xulosasini taqdim etgan holda, ukangiz tibbiy komissiya tomonidan allaqachon harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligini bildirib ariza bilan murojaat qiling.

Agar tuman komissiyasi arizangizni rad etayotgan bo’lsa, unda viloyat komissiyasiga murojaat qiling.

Amaldagi qonunlarga ko’ra, bir yillik harbiy xizmat uchun o’tkazilgan tibbiy komissiya xulosasi bir oylik safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun ham o’tadi.

Komissiyaning sizdan pora talab qilish to’g’risidagi takliflari noqonuniy bo’lib, shikoyaitngizda ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlarini to’liq va aniq keltirgan holda yuqori turuvchi komissiya yoki to’g’ridan-to’g’ri tuman/shahar prokuraturasiga murojaat qilishingiz mumkin.

12 Comments