Fuqarolik huquqi

Harbiy unvonlar haqida qayerdan ma’lumot topsam bo’ladi?

Savol: Qaysi qonunda harbiy xizmatchilarning unvonlari ko’rsatilgan?

Javob: “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi qonunda harbiy unvonlar ko’rsatilgan bo’lib, ushbu qonunning 9-moddasiga ko’ra, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga bo‘linadi.

Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga bo‘linadi.

Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.

Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi:

Qo’shin unvonlari

Kema tarkibidagi unvonlar

I. ODDIY ASKARLAR TARKIBI

oddiy askar

matros

II. SERJANTLAR TARKIBI

kichik serjant

2-darajadagi starshina

serjant

1- darajadagi starshina

katta serjant

bosh starshina

III. OFITSERLAR TARKIBI

KICHIK OFITSERLAR TARKIBI

leytenant

leytenant

katta leytenant

katta leytenant ‎

kapitan

kapitan-leytenant

KATTA OFITSERLAR TARKIBI

mayor

3-darajadagi kapitan

podpolkovnik

2-darajadagi kapitan

polkovnik

1- darajadagi kapitan

GENERALLAR TARKIBI

general-mayor

general-leytenant

general-polkovnik

armiya generali

Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.

Harbiy sohaning yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi ixtisosligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroning harbiy unvoniga tegishlicha “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so‘zlari qo‘shiladi.

Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishlicha “rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi.

Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek, harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol qilganlik, zimmasiga qonunlar va harbiy ustavlar bilan yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun katta ofitserlar va generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondonining qarori bilan pasaytirilishi mumkin.

Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan ular og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan mahrum qilish mumkin.

12 Comments