Fuqarolik huquqi

“Grin karta” g’oliblariga davlat moliyaviy yordam beradimi?

Savol: “Grin Karta” dasturidan ketganlarga AQSh hukumati qanday yordamlar beradi? Bunday odamlar hukumat tamonidan ish, yashash uchun joy bilan taminlanadimi? Hukumat bunday odamlarga AQShda oyoqqa turvolishga qanday yordam beriladi?

Javob: AQSh hukumati  DV lotoreyasi g’oliblariga moliyaviy yoki boshqa biror ko’rinishdagi, masalan, safar xarajatlari, ish topish, sog’liqni saqlash, uy-joy topish va ularga to’lash bo’yicha hech qanday  yordam bermaydi. Muhojirlik vizasini olish paytida, har bir lotoreya g’olibi AQShda ishlab, yashab keta olishga qodirligini va AQSh davlati yordamiga tayanmasligini isbotlashi lozim bo’ladi. Buning uchun shaxsiy hisobingizda qancha miqdorda pul va boshqa mulkingiz mavjudligini, AQShdagi qarindosh yoki tanishlaringizning sizga yuborgan ishga taklif xatlarini ko’rsatishingiz lozim bo’ladi.

7 Comments