O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi farmoniga binoan, O’zbekiston Respublikasida fuqarolik ishlari bo’yicha 12 ta yangi tumanlararo (tuman) sud tashkil etildi.
“Tuman va shahar umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonda qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar faoliyatidagi kamchiliklar yangi sudlarning tuzilishiga asos bo’lgan.
Jumladan, farmonda sud muhokamasi hamda sud tekshiruvlari to‘laligini ta’minlamay, shuningdek, protsessual qonun hujjatlarining normalari sud tomonidan noto‘g‘ri qo‘llanilishi natijasida chiqarilgan sud hukmi va qarorlarining darajasi hanuz yuqorili qolayotgani ta’kidlanadi. Natijada o‘tgan yili sud hujjatlarining umumiy miqdoridan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlarining 0,5 foizi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmi va ajrimining 1,2 foizi yuqori instantsiya sudlari tomonidan bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan.
Bundan tashqari, tuman sudlari tuzilmasida, hududiy joylashuvida, sudyalar sonidagi mavjud jiddiy nomutanosibliklar ishlarni qarab chiqish sifatiga salbiy ta’sirini o‘tkazayotgani aniqlangan.
“Tuman va tumanlararo sudlarning amalda ish bilan bandlik darajasini aniqlovchi mezonlar tasdiqlanmagan, mazkur masalalarni hal etilishiga siyqasi chiqqan, yuzaki tarzda yondashish hamon uchrab turibdi”, – deyiladi prezident farmonida.
So‘nggi besh yil ichida faqatgina fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan ishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 3,4 barobar ko‘payib, 2012-yilda ular soni 2 milliondan oshgan.
Natijada tuman va tumanlararo sudlar ishi haddan ziyod ko’payib, sud ishlarini ko’rib chiqish jarayoni juda sekin edi. Shu bilan birga, sud ishlari statistikasi yuritilmayan yoki yuritilgani ham talab darajasiga javob bermagan.
Yuqorida tilga olingan prezident farmoni mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida Oliy Sud tavsiyasi asosida qabul qilingan.
Farmonda sudlar sonini 12 taga oshirish bilan birga, sudyalar soni ham 71 taga ko’paytirilgan.
Shu bilan birga, Sudlar tashkiliy faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil qilindi. U sudyalar mustaqilligi hamda ular faqat qonunga bo‘ysunishi tamoyiliga qat’iy rioya etgan holda ishlashi hamda sudlarning ijro intizomi, ishlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi ustidan nazorat olib borib, shuningdek, sudlar tashkiliy faoliyatini, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir ishlarini takomillashtirish, sud devonlarining kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish va ularning malakasini oshirishga doir ishlarni ham amalga oshiradi.
Shuningdek, sud amaliyotini umumlashtirish bo‘limi negizida Axborot-tahlil bo‘limi tuzildi. Uning zimmasiga sudlar faoliyatini tizimli tarzda o‘rganib borish, umumiy yurisdiktsiya sudlaridagi sudlov ishlarining ahvoli to‘g‘risidagi materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi, Rayosati muhokamasiga yilning har choragida kiritish vazifalari yuklatilgan.
Fuqarolik hamda jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda Sud amaliyoti va statistikasi tahlili bo‘limlari ham tuzilishi ko’zda tutilgan. Ular sud ishlari bo’yicha ma’lumotlarni to’plash, statistikasini olib borish va tahlil qilish vazifasi bilan shug’ullanadi.
Qo‘shimcha tashkil etilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman, tumanlararo sudlarining
RO‘YXATI
Т/р |
Судлар номи |
Судларни ташкил этиш муддатлари |
1. |
Жиззах вилояти фуқаролик ишлари бўйича Фориш туман суди |
2014 йилнинг I чораги |
2. |
Самарқанд вилояти фуқаролик ишлари бўйича Пайариқ туманлараро суди | |
3. |
Қашқадарё вилояти фуқаролик ишлари бўйича Касби туманлараро суди | |
4. |
Тошкент вилояти фуқаролик ишлари бўйича Қуйи Чирчиқ туманлараро суди | |
5. |
Сурхондарё вилояти фуқаролик ишлари бўйича Бойсун туман суди |
2014 йилнинг II чораги |
6. |
Тошкент вилояти фуқаролик ишлари бўйича Юқори Чирчиқ туманлараро суди | |
7. |
Бухоро вилояти фуқаролик ишлари бўйича Пешку туманлараро суди |
2014 йилнинг III чораги |
8. |
Қашқадарё вилояти фуқаролик ишлари бўйича Яккабоғ туманлараро суди | |
9. |
Самарқанд вилояти фуқаролик ишлари бўйича Нуробод туман суди | |
10. |
Қорақалпоғистон Республикаси фуқаролик ишлари бўйича Амударё туман суди |
2014 йилнинг IV чораги |
11. |
Жиззах вилояти фуқаролик ишлари бўйича Ғаллаорол туманлараро суди | |
12. |
Навоий вилояти фуқаролик ишлари бўйича Учқудуқ туман суди |