Xabarlar

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatiga doir yangi hujjatlar qabul qilindi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorga muvofiq, mahalla fuqarolar yig’iniga oid 13 ta yangi nizom qabul qilindi.

Ular quyidagilar:

1. Fuqarolar yig’ini to’g’risidagi Namunaviy nizom;

2. Fuqarolar yig’ini huzuridagi taftish komissiyasi to’g’risidagi Namunaviy nizom;

3. Fuqarolar yig’inining yarashtirish komissiyasi to’g’risidagi Namunaviy nizom;

4. Fuqarolar yig’inining ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo’yicha komissiyasi to’g’risidagi Namunaviy nizom;

5. Fuqarolar yig’inining ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha komissiyasi to’g’risidagi Namunaviy nizom;

6. Fuqarolar yig’inining xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha komissiyasi to’g’risidagi Namunaviy nizom;

7. Fuqarolar yig’inining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo’yicha komissiyasi to’g’risidagi Namunaviy nizom;

8. Fuqarolar yig’inining tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo’yicha komissiyasi to’g’risidagi Namunaviy nizom;

9. Fuqarolar yig’inining ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha komissiyasi to’g’risidagi Namunaviy nizom;

10. Fuqarolar yig’inining jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha komissiyasi to’g’risidagi Namunaviy nizom;

11. Fuqarolar yig’ini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi to’grisidagi nizom;

12. Fuqarolar yig’inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchisi faoliyati to’g’risidagi nizom;

13. Fuqarolar yig’inlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi to’g’risidagi nizom.

Qarorga ko’ra, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bir oy ichida mazkur nizomlarni qabul qilib, faoliyatlarini ular asosida tashkil etishlari lozim.

Shuningdek, ikki oy ichida fuqarolar yig’inlari xodimlari va faollari uchun yangi tartibda ishlash bo’yicha o’quv seminarlari o’tkazilishi lozimligi belgilangan.

Bundan tashqari, mahallalarda sartaroshxona, poyafzal ta’mirlash ustaxonalari, milliy hunarmandchlik sexlari kabi tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish va ular faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish ham ko’zda tutilgan.

Qaror va qabul qilingan nizomlarning to’liq matni bilan Lex.uz portalida tanishib chiqishingiz mumkin.

Comments are closed.