Savol: 40 yildan ortiq muddat feldsher bo‘lib ishladim. Menga yer solig‘idan, mulk solig‘idan imtiyoz beriladimi? Shu haqda qisqacha ma‘lumot bersangiz…
Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 290-moddasi birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra, yaylov chorvachiligining cho‘ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilar yer solig‘idan ozod etilgan.
Shuningdek, ushbu kodeksning 275-moddasida mol-mulkiga soliq solinmaydigan jismoniy shaxslarning kategoriyalari keltirilgan. Unda shifokorlar kategoriyasi keltirilmagan.
Demak, sizga shifokorlik kasbingiz vajidan alohida soliq imtiyozlari yo’q.