Fuqarolik huquqi

Ota roziligisiz farzandni xorijga olib chiqish mumkinmi?

Savol: Farzandlarimni erimning roziligisiz chet elga olib chiqishim mumkinmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning III bo’limiga  hamda O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari tomonidan rasmiylashtirish va berish tartibi to‘g‘risidagi Yo’riqnomaning 12-bandi “j”-qismiga ko’ra, 16 yoshga to’lmagan fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ota-onalardan biri bilan xorijga vaqtincha chiqayotganda ota-onalardan ikkinchisining roziligi talab qilinmaydi.

Bundan tashqari, 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ota-onalari yoki vasiylari (homiylari)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda chet elga chiqishi uchun notaries tomonidan tasdiqlangan roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda xorijga hamrohlarsiz chiqishlari mumkin.

Demak, farzandingizni chet elga sayohatga o’zingiz bilan birga olib chiqish uchun otasining roziligi talab etilmaydi.

9 Comments

  1. Assalomu aleykum hurmatli tashabbuz.uz sayti hodimlari. Savol-javoblarni o’qib chiqdim, javoblar juda ham to’liq va tushunarli tarzda yozilganidan judayam mamnun bo’ldim. O’zimni qiziqtirgan savollarga kerakli javoblar oldim. Rahmat. Ishlaringizda omad tilab qolaman:)

  2. Salom,yuqoridagi malumotlarni uqib chiqib juda ham ajablandim,men Yevropaga doim chiqib kelib yuraman lekin farzandimni doim qoldirishga majburman chunki Yevropa elchihonalari mendan doim bolani olib chiqib ketishim uchun otasidan ruhsatnoma surashadi men esa buni qilolmayman chunki otasi rozilik hatiniberishdan doim bosh tortgan.Endi esa marhamat qilib javob beringchi nima uchun mendan ruhsatnoma talab qilishadi.

    • Salom Aliye, siz farzandingizning otasi bilan nikohda turasizmi? Bizning yuqorida berilgan javobimiz, nikohda turgan ota-onalar va ularning farzandlari haqida. Agar nikohingiz bekor qilingan bo’lsa, unda farzand tarbiyasi bilan kim shug’ullanishi to’g’risidagi sud chiqargan qarorga asoslaniladi va ayrim holatlarda otaning ruxsati kerak bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, biz yuqoridagi javobni O’zbekiston qonunlariga asoslanib yozganmiz. Yevropa elchixonalari esa o’z davlatlarining qonunlariga asoslanib ish ko’radi va bu qonunlar O’zbekiston qonunlariga har doim ham to’g’ri kelavermaydi.

  3. Salom Hurmatli Tashabbus,javobni oldim bunaqa tez kunda olaman deb uylamagandim Saytingizga Hurmatim juda ham oshdi men yuqoridagi Oila,Ajrashish masalasidagi maqolalarni uqib chiqdim,lekin men uzimni qanchadan beri qiynayotgan muammoyimga yul yuriqni sizlardan iltimos bilan surayman.Ajrashganimizga 8yil buldi 4/1qism miqdorida aliment tulashni qaror qilgan va 150 ming sum atrofida aliment tulaydi,aslida sobiq erim Rossiya federatsiyasi fuqaroligiga utgan utgan 8yil davomida uglim otasini tanimaydi yani ota ugildan habar olmaydi uz ugliga mutlaqo befarq tarbiya bermaydi kasal bulganda habar olmaydi tugilgan kun maktabga 1qadam quyganda ham kurgani kelmadi lekin aliment pulini Uzbekistonda yashovchi uz otasi orqali tulaydi faqat Rossiyaga muammosiz chiqish chun,Rossiya fuqaroligi olganiga 2yil bulgan.Endi savolim bunday Yuqoridagi sabablarga tayanib aliment tulasa ham (men bu alimentni miqdoridan qoniqmayman,lekin erimni Rossiyani qayerida ishlash,yashash adresidan habarim yuq)sobiq erimni otalik huquqidan mahrum qilolaymanmi va buning uchun men nimalar qilishim kerak?

  4. Sal hurmatli tashabus xojayini men yoshim 15da bu yil kollejni birinchi kursi bulaman men rossiyada ota onam bor ular meni chaqirishsa borsam buladimi davolanish yoki dam olish uchun javob uchun oldindan raxmat

  5. SaRDoR AL AsaD

    Notariusdan ota-ona ishonchnoma berib overdan visa olgacha , 16 yoshda mustaqil chetga chiqish mumkinmi? Agar mumkin BuLsa qaysi mamlakatlarga?

    • Sardor,

      Ota-ona notariusdan tasdiqlagan holda ruxsatnoma bergach, 16 yoshdan oshgan ammo 18 yoshga to’lmagan shaxs OVIR stikeri bo’lsa, barcha davlatlarga chiqishi mumkin.

  6. Salom men qizlarimga Rassiyaga olib chiqish uchun pasport olyapman otasi rassiyada
    Lekin mendan otasidan rozilik hatini sorashyabdi
    Biz ajrashmaganmiz birga nikohda turamiz
    Yuqorida esa rozilik hati talab qilinmaydi deb yozibsizlar nega mendan sorashyabdi?

    • Qonunga ko’ra rozilik talab qilmasligi kerak. Ammo amalda noqonuniy ravishda shunday rozilik xatini talab qilishayotgani haqida ma’lumot oldik.