Fuqarolik huquqi

Farzandimning familiyasini o’zgartira olamanmi?

Savol: Otalik bekor qilingandan so’ng farzand ota familiyasini onasining familiyasiga o’zgartirishi mumkinmi?

Javob: Oila kodeksinig 81-moddasi 1-bandiga ko’ra, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-ona qaysi bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa, shu bolaga nisbatan bo‘lgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan, undan ta’minot olish, shuningdek, bolali fuqarolar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqlaridan ham mahrum bo‘ladi. Demak, otalik bekor qilingach, farzand va ota o’rtasida qarindoshlik yuzasidan hech qanday huquq va majburiyatlar qolmydi. Shunday ekan, bu holatda farzandning familiyasini ota familiyasidan chiqarib, onasinikiga o’zgartirish mumkin.

Eslatib o’tamiz, ota-onalik huquqidan mahrum bo’lish ota-onani o‘z bolasiga ta’minot berish (aliment to’lash) majburiyatidan ozod qilmaydi.

One Comment