Savol: Hozir O’zbekistonda eng kam oylik ish haqi va pensiya qancha? Javob uchun oldindan rahmat.
Javob: 2010-yil 9-iyuldagi PF-2442-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining 2-bandiga ko’ra 2010-yil 1-avgustdan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi – oyiga 45 215 so’m;
yoshga doir pensiyalar – oyiga 88 845 so’m;
yagona tarif setkasi bo’yicha boshlang’ich (nulinchi) razryad – oyiga 45 215 so’m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 88 845 so’m;
zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 54 265 so’m miqdorida belgilangan.
One Comment