Savol: Mol bozorida bir tanishim qorovul bo‘lib ishlaydi. Bilishimcha, kechayu kunduz qorovullik qiladi. Bozor boshlig‘i unga 37 ming so‘m oylik beradi. Eng kam ish haqi 40 ming so‘mdan ko‘p. Agarda unga qonunda belgilanganidan kam oylik berilgan bo‘lsa, qolganini undirib olsa bo‘ladimi, kimga murojaat qilishi kerak?
Javob: O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-moddasiga ko‘ra, mehnat haqqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biror bir tarzda cheklanmaydi.
2010-yil 1-avgustdan boshlab eng kam oylik ish haqi 45215 so ‘m deb belgilangan. Bu yerda ish haqiga oid qonun talabi buzilgan.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 128-moddasiga binoan ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi kundalik dam olish vaqti va dam olish vaqti bo‘yicha ham qonun talablari buzilgan. Bu borada yuzaga kelgan muammoni hal qilish uchun tuman/shahar prokuraturasiga murojaat qilish lozim.