Xabarlar

Davlat xizmatchilarining odob-axloq namunaviy qoidalari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi 2-martda 62-son Qarori bilan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” Qaror qabul qildi. Quyida mazkur Namunaviy qoidalarning eng asosiy 10ligi keltiriladi.

                                                                         — 1 —                                                                            

Davlat xizmatchilari o’z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishlari kerak: qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; adolatlilik, halollik va xolislik (5-xatboshi).

— 2 —

Davlat xizmatchilari o’z xizmat vazifalarini bajarishda biror-bir shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlarga yon bosmaslik va ustunlik bermasligi kerak (6-xatboshi).

— 3 —

Davlat xizmatchilari kamsitish holatlariga yo’l qo’ymasliklari kerak (6-xatboshi).

— 4 —

Davlat xizmatchilariga o’z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko’rish taqiqlanadi (8-xatboshi).

— 5 —

Davlat xizmatchilari korrupsiya holatlariga qarshi kurashishi shart (9-xatboshi).

— 6 —

Davlat organlari rahbarlari shaxslar qonunchilikning buzilishi faktlari to’g’risida murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikr va tanqidi uchun ishdan bo’shatilishiga yoki boshqacha shaklda ta’qib qilinishiga yo’l qo’yilmasligini ta’minlashi kerak. (9-xatboshi).

— 7—

Rahbar bo’ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni bajarishini talab qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi kerak (11-xatboshi).

— 8 —

Rahbar kadrlarni qarindoshlik, hamshaharlik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo’yicha tanlash holatlariga yo’l qo’ymasligi kerak (11-xatboshi).

— 9 —

Davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, fuqarolar va hamkasblarini hurmat qilishi shart, o’ziga bo’ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo’pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak (12-xatboshi).

— 10 —

Davlat xizmatchilari o’z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to’qnashuviga sabab bo’ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo’l qo’ymasliklari kerak. Manfaatlar to’qnashuvi davlat xizmatchilarining shaxsiy manfaatlari ularning o’z xizmat vazifalarini xolisona va beg’araz bajarishiga ta’sir ko’rsatadigan holatlarda paydo bo’ladi (14-xatboshi).

Namunaviy qoidalarning to’liq matni bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

O’zbek tilida
Rus tilida

Comments are closed.