Fuqarolik huquqi

Chet elda nikohdan ajrashish mumkinmi?

Savol: Men O’zbekistonda nikohdan o’tganman. Nikohdan keyin erim bilan AQShga keldik. Endi esa ajrashmoqchimiz. Bu yerda turib nikohdan ajrashishimiz mumkinmi?

Javob: Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 38-moddasiga ko’ra, nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi. Mazkur Kodeksning 42-moddasiga ko’ra esa, voyaga yetmagan bolalari bo’lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o’zaro rozi bo’lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.

Kodeksning 203-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Reslublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qayd etiladi.

Demak, chet elda bo’lgan er-xotin nikohni bekor qilish uchun O’zbekiston Respublikasining chet eldagi konsulligiga murojaat qilish kerak. Masalan, O’zbekiston Respublikasining Vashington, Kolumbiya Okrugida konsulligi bor. Afsuski, mazkur konsullikning veb sahifasi faqat ingliz va rus tilida (O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni, uning ijrosi va amalda uchrayotgan qonunbuzarliklar haqida bu yerda o’qishingiz mumkin). Konsullikning veb sahifasiga kirib, chap qo’lda “Акты гражданского состояния” bo’limi ichidagi “Расторжение брака” ichiga kiring. Bu bo’limga kirsangiz, “Nikohni bekor qilish tartibi haqida maslahat olish uchun 202-530-7291 telefon raqamiga qo’ng’iroq qiling,” deb yozib qo’yilgan (“Для получения консультации о процедуре расторжения брака, просим звонить по телефону (202) 530-291).

Nikohni bekor qilishga doir qo’shimcha ma’lumotni bu yerda o’qishingiz mumkin.

Comments are closed.