Savol: Rossiya federatsiyasidan Rossiyada ishlab chiqarilgan yoki boshqa davlatda ishlab chiqarilgan mashinani O’zbekiston Respublikasida rasmiylashtirish shartlari qanday bo’ladi?
Javob: Chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasida rasmiylashtirish tartibi 1999-yil 2-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet el avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun yig‘imlar undirish tartibi”, O‘zbekiston Repsublikasining Bojxona kodeksi, shuningdek, 1994-yil 22-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida”gi 553-son qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Avtotransport vositalarini rasmiylashtirish uchun davlat boj stavkalari quyidagchia belgilangan:
Transport turi |
Foydalanish muddatiga qarab: |
|||
|
3 yilgacha bo’lganda |
3 yildan ortiq bo’lganda |
7 yildan ortiq bo’lganda |
|
1 | Har bir ot kuchi uchun davlat boji stavkasi: | |||
а | Yuk tashuvchi va yengil avtotransport, shu jumladan avtobus, traktor, o’zi yurar mashina uchun | Eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida | Eng kam oylik ish haqining 7 foizi miqdorida | Eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida |
b | Chet elda ishlab chiqarilgan avtotrasnport uchun | Eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida | Eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida | Eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida |
2 | Bitta mototrasnport, motokolyaska, motoqayiq uchun davlat boji stavkalari | Eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida | Eng kam oylik ish haqining 3 foizi miqdorida | Eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida |
Izoh. Almashtirish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning ko’p summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi. |
O‘zbekiston Repsublikasining Bojxona kodeksiga binoan, tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan hamda barcha zarur hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi veterinariya, fitosanitariya, ekologiya nazorati va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat nazoratining boshqa turlari amalga oshirilganidan keyin tugaydi.
Rasmiylashtirishning to‘liq tartibi O‘zbekiston Repsublikasining Bojxona kodeksining 8-10-boblarida o‘z aksini topgan.
Sizga bu borada Davlat bojxona xizmati organlariga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.
Eslatib o’tamiz, 2013-yil 13-may holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida eng kam oylik ish haqi 79590 so’mni tashkil etadi.
One Comment