Мактаб формаси тўғрисидаги қарор ва унинг жорий этилиши юзасидан Халқ таълими вазирлиги ва Дин ишлари бўйича қўмитасининг фикри (бундан буён Вазирлик ва Қўмита фикри) қизғин мунозараларга сабаб бўлди. Вазирлик ва Қўмита фикри мактаб формаси жорий этилишини ҳуқуқий ва амалий жиҳатдан асослаб беришга уринади ва бу олқишланиши керак. Зеро бугунгача ҳукумат ўз қарорларини халққа асослаб бериш борасидан […]
Vijdon erkinligi
Sud zalidagi fil yoxud qiynoqlarga qarshi qachon samarali chora koʻriladi?
Oʻtgan oy jurnalist Bobomurod Abdullayev va uning jinoiy sheriklari deya gumon qilingan uch kishi sud zalidan ozod qilindi. Gumondorlarning barchasi Jinoyat Kodeksining159-modda 4-qismi (Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, hukumatni qurolli yoʻl bilan agʻdarishga urinish) bilan ayblangan edilar. Abdullayev hibsda qariyb 221 kun saqlandi, ammo unga qarshi surilgan asosiy ayblovlarning birortasi oʻz tasdigʻini […]
Hijobli ayollar sudda o’zini qanday himoya qilishi kerak? (Ikkinchi maqola)
Birinchi maqola: Hijobli ayollar o’z huquqlarini qanday himoya qilishi kerak? Birinchi maqolamizda jamoat joylarida militsiya tomonidan to’xtatilgan va “ibodat libosi kiyib yurgani uchun” huquqbuzarlikka tortilgan ayollarga bu xatti-harakat ustidan zudlik bilan yuqori organlarga shikoyat qilishni tavsiya qilgan edik. Navbatdagi maqolamizda ushbu huquqiy holatning keyingi bosqichi, ya’ni sudda davom etadigan himoya […]
Hijobli ayollar o’z huquqlarini qanday himoya qilishi kerak? (Birinchi maqola)
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 1841-moddasida jamoat joylarida ibodat libosida yurganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Ushbu moddadagi “ibodat libosi” iborasi musulmon ayollari kiyadigan hijobni anglatmasligi, anglatishi mumkin ham emasligi, aks holda ushbu modda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonuniga zid kelishini bundan 3 yil […]
O’zbekistonda soqol qo’yish taqiqlanganmi?
Savol: O’zbekistonda soqol qo’yib yurishga, uning uzun-qisqaligiga chegara bormi? Savolni so’rashimdan maqsad soqol qo’ygan ba’zi bir fuqarolarga militsiya organlari tomonidan tazyiq o’tkazilmoqda. Iltimos, agar cheklov haqida qonun bo’lmasa, soqol qo’ygan inson qanday o’z huquqini himoya qilishi mumkiligi haqida batafsil ma’lumot bersangiz. Javob: O’zbekiston Respublikasi hududida amalda bo’lgan bironta huquqiy hujjat […]
Ro’za tutmaslik jinoyatmi? (Davomi)
Ayrim davlatlarda Ramazon oyida ro’za tutmaslik yoki jamoat joylarida ovqatlanish, suv ichish, yoki chekish uchun (ham musulmonlar, ham musulmon bo’lmaganlar) jinoiy javobgarlik belgilangan. Quyida shunday javobgarlik amalda bo’lgan ayrim davlatlarni misol qilib keltiramiz. 2008-yilda Jazoirning janubida joylashgan Biskra shahrida sud 6 kishini ro’za vaqtida ovqat yegani uchun har birini 4 […]
Ro’za tutmaslik jinoyatmi?
Ayrim davlatlarda Ramazon oyida ro’za tutmaslik yoki jamoat joylarida ovqatlanish, suv ichish, yoki chekish uchun (ham musulmonlar, ham musulmon bo’lmaganlar) jinoiy javobgarlik belgilangan. Quyida shunday javobgarlik amalda bo’lgan ayrim davlatlarni misol qilib keltiramiz. 2008-yilda Jazoirning janubida joylashgan Biskra shahrida sud 6 kishini ro’za vaqtida ovqat yegani uchun har birini 4 […]
Bolalarning masjidga borishi noqonuniymi?
Savol: Masjidlarga yosh bolalarni kiritishmayapti. Maktab payti o’qishdan chalg’itadi, deyishlarini tushunsa bo’ladi, ammo maktabdan so’ng yoki ta’til vaqtlarida ham masjidlarga militsiya xodimlari tomonidan kiritilishiga to’sqinlik bo’layapti. Yosh bolalarning masjidlarga borishini taqiqlaydigan qonunlar bormi? Javob: Voyaga yetmaganlar ham vijdon erkinligi huquqiga ega O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasi[*]ga ko’ra, fuqaroning muomala layoqati […]
Islom.uz saytidan foydalanish qonuniymi?
Savol: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning www.islom.uz sayti va boshqa shunga o’xshash ichida terror, davlat siyosatiga qarshi gaplar bo’lmagan sof diniy materiallardan iborat veb-saytlarga kirish, ulardagi materiallardan ta’lim maqsadida foydalanish va saqlash qonun bilan qanday chegaralangan? Buning uchun huquqiy javobgarlik bormi? Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 184-moddasini batafsil tushuntirib, masalaga oydinlik […]
Jamoat joylarida namoz o’qish mumkinmi?
Savol: Jamoat joylarida, davlat idoralarida, nodavlat tashkilotlar binosida kundalik 5 vaqt namozni yakka holda yoki jamoat bo’lib o’qishga qonunda qanday qulaylik yoki cheklovlar bor? Bir odam katta yo’l chetida namoz o’qib olibdi. Uni ko’rib qolgan huquq tartibot xodimlari ushlab ketishibdi. Yana bir voqea: madaniyat va istirohat bog’ida bir muzey bor, […]
Qamoqxonada namoz o’qish mumkinmi?
Savol: Qamoqxonalarda namoz o’qigan insonni namoz o’qimagin, deb kaltaklayotgan ekan qamoqxona nozirlari. Qamoqxona nozirlarining shunday ish qilishga haqqi bormi? Namoz o’qigani uchun kaltaklangan inson qayerga shikoyat qilsa bo’ladi? Javob: O’zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroya kodeksining 12-moddasiga ko’ra, mahkumlarning vijdon erkinligi ta’minlanadi. Barcha mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat […]
Hijob ibodat libosimi?
Noaniq yuridik atamalarni sharhlash yoxud qonunlar noqonuniyligi ustidan shikoyat qilish tartibi haqida Saytimizga oxirgi paytlarda hijob haqida ko’plab savollar kelib tushmoqda. Ularda, asosan, hijob o’rash O’zbekistonda qonuniymi, qonunchilikda bu haqda nima deyilgan, mutasaddilar tomonidan hijobga qarshi xatti-harakatlar sodir etilganda nima qilish kerak, kabi masalalar so’ralyapti. Bu haqda bir necha savolga […]