Oʻtgan oy jurnalist Bobomurod Abdullayev va uning jinoiy sheriklari deya gumon qilingan uch kishi sud zalidan ozod qilindi. Gumondorlarning barchasi Jinoyat Kodeksining159-modda 4-qismi (Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, hukumatni qurolli yoʻl bilan agʻdarishga urinish) bilan ayblangan edilar. Abdullayev hibsda qariyb 221 kun saqlandi, ammo unga qarshi surilgan asosiy ayblovlarning birortasi oʻz tasdigʻini […]
Yuridik klinika
Huquqshunos minbari: Maktablarni moliyalash uchun kim masʼul?
Amaldagi qonunchilikka koʻra, har kim bilim olish huquqiga ega boʻlib, davlat bepul umumiy taʼlim olishni kafolatlaydi. Mazkur huquq taʼminlanishi uchun umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash maqsadida ham davlat byudjetidan, ham mahalliy hokimiyatdan har yili mablagʻ ajratilishi belgilangan. Butun boshli jamgʻarma ham faoliyat koʻrsatmoqda. Shunga qaramasdan, oʻtgan haftalarda ijtimoiy tarmoqlarda abgor holatda boʻlgan maktablar keng […]
OVIRsiz xorijga chiqqanlik uchun qanday javobgarlik bor?
Savol: Men yangi biometrik pasport olganman, lekin OVIR ololmadim. Rossiyadan OVIRsiz chet elga chiqib ketganman. Toshkenga qaytib bormoqchiman. Borsam jinoiy javobgarlikka tortilamanmi? Javob: Bu savolga javob Rossiyadan qaysi davlatga chiqqaningizga bog’liq bo’ladi. Agar borish uchun OVIR talab qilinmaydigan davlatga (masalan, Qozog’istonga) Rossiyadan turib borgan bo’lsangiz, buning uchun hech qanday javobgarlik belgilanmagan. Agar borish […]
Elchixona orqali xorijga chiqish stikerini (OVIR) olish mumkinmi?
Savol: Elchixona orqali boshqa davlatlarga chiqish vizasini olsa bo’ladimi? Men Sankt-Peterburg shahrida yashayman, Saudiya Arabistoniga o’qishga bormiqchiman. Shuning uchun O’zbekistonning Moskvadagi elchixonasi orqali chiqish vizasini olsam bo’ladimi? Yoki albatta O’zbekistonga borib olish kerakmi? Javob: Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston […]
Tergov xonalarini videokuzatuv jihozlari bilan jihozlash haqida
2017-yil 18-aprelda President Shavkat Mirziyoyev “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorini (bundan buyon Qaror) imzoladi. Qarorning 6-bandida 1-yanvar 2018-yilgacha Ichki Ishlar organlarida so‘roqni stenografiya usuli bilan yozib olish, videokuzatuv, shuningdek, tergov harakatlarini audio va videoga muhrlash tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil […]
Ichki ishlar organlariga qarindoshlari sudlanganlar ishga olinadimi?
Savol: Men 2015-yil IIB ga ishga kirish uchun borib, 2016-yil hujjatlarimni topshirdim. 2016-yil 8-dekabr kuni oxirgi bosqich – tanlov testidan o’tishim kerak edi. Ammo quyidagi sabab tufayli testga kirmadim. Keyin IIB Axborot markaziga yozgan arizamiz ijobiy hal bo’lmadi. 2017-yil mart oyidan kuchga kiradigan yangi qonun bo’yicha testga kirasan deyishgandi. Opamdan […]
Kollej bitiruvchilari 3 yil davomida ishlamasa, diplomi kuyadimi?
Savol: Men Kollejni bitirganimga 2 yil bo’ldi, lekin ishga kirganim yo’q. Ko’pchilik agar uch yil mobaynida diplomni ishlatib ishga kirmasa, diplom kuyar ekan deydi. Shu gap qanchalik rost? Javob: Bunday huquqlar bo‘yicha ta’sir etish muddati bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qaroriga 1-Ilova sifatida qabul qilingan […]
Bola parvarishi uchun nafaqa tayinlashda oilada kimlarning daromadi hisobga olinadi?
Savol: Bolaga 2 yosh bo’lguncha nafaqa olish uchun ota-onaning daromadini hisoblaydimi yoki propiskada bo’lgan barchaning daromadini hisoblaydimi? Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga 1-ilova bo‘lgan “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi” Nizomni 8-bandiga ko‘ra, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi […]
Aliment to’layotganim uchun OVIR olishimga taqiq qo’yiladimi?
Savol: Men 2016-yilli yanvar oyida chet elga ketdim. Ketganimdan so’ng mendan aliment undirish uchun sudga murojaat qilishgan. Hozirda chet eldan turib har oy 250,000 so’m to’layapman. 2018-yilda O’zbekistonga qaytib borganimda chet elga chiqish uchun qayta OVIR olib chiqa olamanmi? Javob: Agarda sizga sud ijrochisi tomonidan chetga chiqish bo‘yicha taqiq qo‘yilmagan […]
Uzoq yil ishlaganlik pensiyaga imtiyozli tarzda chiqishga sabab bo’ladimi?
Savol: Otam 31 yildan beri paxta zavodda ishlab chiqarish sexida ishlaydi. Hozir 56 yoshda. Ishi qiyin bo’lganligi sababli sog’ligida muammolar paydo bo’la boshladi. Shuning uchun 60 yoshga yetmasdan ham pensiyaga chiqishi mumkinmi? Erkaklarning pensiyaga chiqish yoshi 25 yil qilib belgilangan ekan. Otamning 31 yil ishlagani hisobga olinib, pensiyaga 4 yil oldin chiqish uchun […]
Kanadaga borish uchun OVIR olishning o’zi yetarlimi?
Savol: OVIRni olsang ko’p davlatlarga chiqish mumkin deb eshitganman. Kanada bilan O’zbekiston respublikasi o’rtasida viza rejimi o’rnatilgan. Agar OVIR olsam, Kanadaga kirish mumkinmi? U yerga kirish uchun faqat OVIRning o’zi yetarlimi? U davlatning vizasini olish shart emasmi? OVIR o’zi nima? Javob: OVIR bu ruscha, o‘zbekcha tarjimasi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki […]
Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar qanday pasport oladi?
Savol: Mening dadam fuqaroligi bo’lmagan shaxs hujjati bilan O’zbekistonda yashaydi. Dadam shu yerda tug’ilib o’sgan, ota0onasi ham, bolalari ham o’zbekistonlik. 1991-93 yillarda O’sh viloyatida tekstil fabrikasida ishlagan. O’sha yillarda propiskasini O’shga ko’chirib ishlagan, keyin nima sababdandir ularga fuqaroligi bo’lmagan shaxs hujjati berishgan. Endi biometrik passportni qanday qilib olishi mumkin? Javob: […]