Savol: Biometrik pasportning oddiy pasportdan qanday farqi bor? Javob: Biomеtrik pasport amaldagi pasportdan bir necha jihati bilan farq qiladi. U 36 varaqdan iborat (avvalgisi 32 varaq) bo‘lib, unda himoya tizimi kuchaytirilgan. Ya’ni, biomеtrik pasportlarga, amaldagilardan farqli o‘laroq, 11 ta qo‘shimcha himoya elеmеnti kiritilgan. Bu pasportni qalbakilashtirishning oldini olishga qaratilgan. Pasportning orqa muqovasiga […]
Fuqarolik huquqi
Rossiyada olingan tibbiyot diplomi O’zbekistonda o’tadimi?
Savol: Men Rossiyada meditsina sohasida tahsil olaman. Bu yerda oladigan diplomim bilan O’zbekistonda ishlashim mumkinmi? Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 283-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini […]
Farzandlarim samolyotda yolg’iz uchishi mumkinmi?
Savol: Germaniyada yashayman. 10 va 6 yoshli ikki farzandimni O’zbekistonga jo’natmoqchiman. Ularni yolg’iz o’zlarini yuborishim mumkinmi? Javob: Avvalo, siz farzandlaringiz uchadigan aviakompaniya bilan bog’lanib, ulardagi yosh bolalarning yolg’iz uchishiga oid qoidalar haqida ma’lumot olishingiz kerak. Yolg’iz uchishi mumkin bo’lgan bolalarning minimum yoshi va ularning uchish tartibi turli aviakompaniyalarda turlicha bo’lishi […]
Onamning uyida ro’yxatda turishga haqqim yo’qmi?
Savol: Onam yashaydigan va onamga tegishli uyda “propiska”da turishga huquqim bormi? Agar buni onam xohlamasa, “propiska”ga turish uchun qanday yo’l tutishim lozim? Umuman, shaxsiy uy-joyga ega bo’lgunga qadar doimiy ro’yxat bilan bog’liq qanday holatlar mavjud? Javob: Voyaga yetmagan, ya’ni 18 yoshga to’lmagan farzandlar ota-onasining uy-joyida yashasa, uy-joy egasining rozi yoki […]
“Uchastkovoy” ustidan qayerga shikoyat qilish mumkin?
Savol: Men Toshkent shahriga vaqtincha ro’yxatda turish uchun “uchastkovoy” militsionerga murojat qilgan edim. U menga blanka yo’q deb bir oydan beri ro’yxatga quymayapti. MVDga telefon qilsam, ular blanka berilganligini aytishyapti. Bunday holatda kimga murojaat qilishim kerak? Javob: Doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o’tish qoidalari O’zbekiston Respublikasining pasport tizimi to’g’risidagi NIZOMda belgilangan. […]
Konsullik ustidan qayerga shikoyat qilish mumkin?
Savol: Agar chet elda O’zbekiston konsullik xizmatlari yoki O’zbekiston elchixonalari xodimlari noqonuniy xatti-harakat qilishsa (deylik, o’z xizmat vazifalarini suiiste’mol qilsa, pora talab qilsa), ularning ustidan kimga va qanday tarzda shikoyat qilish mumkin? Savol: Chet el fuqarosining O’zbekistonga kirishi uchun viza boji yosh bolalarga ham to’lanadimi? Nyu-Yorkdagi konsullik yosh bolalarga ham […]
Xotinim talaba, men ham yotoqxonada ro’yxatda tursam bo’ladimi?
Savol: Uylanganman. Turmush o’rtog’im TDPUda 1-kursda o’qiydi. Men ham TDPUda vaqtinchalik “propiska”ga qo’ysam bo’ladimi? Yoki boshqa joyga qo’ysam bo’ladimi? Javob: O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi NIZOMning 34-bandiga ko’ra, akademik litseylarning, kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, o‘quv yurtlarining talabalari, aspirantlari, doktorantlari, ad’yunktlari, ordinatorlari, kadrlarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash yoxud malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, […]
Nikohni bekor qilish uchun bojni kim to’laydi?
Savol: Nikohni bekor qilish uchun sudga ariza berish uchun qancha haq to’lanadi? Uni har ikki tomon birga to’laydimi yoki faqat da’vogarmi? Javob: Davlati boji stavkalarining “v” bandiga ko’ra, nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalari uchun eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji to’lanadi. 2013-yil 16-fevral holatiga ko’ra, O’zbekiston […]
Yolg’iz ayol bola asrab olishi mumkinmi?
Savol: Nikohdan ajrashgan er yoki xotin bir o’zi farzand asrab olishi mumkinmi? Javob: “Voyaga etmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi NIZOM”ning 9-bandiga ko’ra, voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, farzandlikka oluvchilarning nikohda turgan bo’lishi talab etilmaydi va nikohdan ajrashganligi ham […]
Qirg’izistonlik qizga qanday uylansam bo’ladi?
Savol: Men O’zbekiston fuqarosiman. Qirg’izistonlik qizga uylandim. Menga nikoh tuzish tartibi haqida ma’lumot bersangiz. Javob: “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari”ga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi FHDYO organlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el […]
Boqib olingan bola uchun nafaqa beriladimi?
Savol: Bolalarning otasi o’z xotinini, ya’ni opamni qasddan o’ldirib, 22 yil muddatga qamoq jazosi bilan jazolandi. Shundan so’ng biz, ya’ni oilamiz opamning bolalarini o’z qaromog’imizga oldik. Sud uni otalik huquqidan mahrum qilmadi. Dadam bolalarga o’z familiyasini bermoqchi. Buning uchun kimga murojaat qilishimiz kerak? Shu bilan birga, bolalarga nafaqa berilishi tartiblarini bilmoqchi edim. Javob: […]
16 yoshga to’lmagan fuqaro xorijda pasport olishi mumkinmi?
Savol: 16 yoshga to’lmagan bolalar uchun pasport olish uchun qanday hujjatlar topshiriladi? Agar u bola doimiy chet davlatda yashayotgan bo’lsa, pasportni shu yerdagi konsullik idorasidan olish mumkinmi? Javob: 16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun pasport olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning […]