Bugungi kunda jahon aholisining anchagina qismi Internet jahon axborot tarmogʻidan keng foydalanadi. Smart Insights kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan Global Social Media Research Summary 2018 tadqiqoti natijalariga koʻra 2018 yilda internet foydalanuvchilari soni 4,021 mlrd (dunyo aholisining 53 foizi) kishiga yetgan boʻlib, bu oʻtgan 2017 yilga nisbatan 7 foiz koʻpdir. Ijtimoiy tarmoqlar […]
Jinoyat va ma’muriy huquq
Uyingizda tintuv o‘tkazishmoqchi. Nima qilish kerak?
Kerak bo‘lsa, “stolba ham qamalib ketishi” mumkin bo‘lgan bir paytlarda yashadik. U davrlar qaytmasligiga ishonsak ham, inson hamma narsaga tayyor turishi kerak. Bu maqola tintuv haqida eslatmadir. Tintuv qilish uchun har kimnikiga kelishlari mumkin. Buning uchun shaxs biror jinoiy ishda aybdor yoki guvoh bo‘lishi shart emas. Tintuv o‘tkazish jarayonida sizga yordam […]
Adham Olimov va boshqa blogerlarning hibsga olinishi qonun ustuvorligi uchun jiddiy sinov
Feysbukda Musannif Adham nomi bilan tanilgan bloger Adham Olimov va boshqa blogerlar hibsga olinishida Sovet qatagʻoni va islohotlar boshlanmasidan oldingi noqonuniy usullarni kuzatish mumkin. Adham Olimov 28 avgust kuni kechqurun soat 18:00larda sakkiz nafar kishi tomonidan hibsga olindi va Olmazor tumani IIBga olib ketildi. Tashrif buyurgan kishilar ism-familiyasini aytmagan, xizmat guvohnomasini koʻrsatmagan. […]
Kattaqoʻrgʻon voqeasi yoxud falajlangan davlat organlari va fuqarolik jamiyati
Bir qarashda Kattaqoʻrgʻonda sodir boʻlgan hodisa paysalga solinmasdan, javobgarlarga nisbatan qisqa vaqt ichida qonunda belgilangan choralar koʻrilishi kerak edi. Amalda unday boʻlmadi: Sanʼat Umarov sodir etgan qilmish ijtimoiy tarmoqlarda #QadrimniToptama heshtegi bilan keng tarqalib, millionlab kishining gʻazabiga sabab boʻlganidan keyingina hibsga olindi. Tahqirlangan ayol hodisa haqida ariza topshirganiga qariyb 45 […]
OVIRsiz xorijga chiqqanlik uchun qanday javobgarlik bor?
Savol: Men yangi biometrik pasport olganman, lekin OVIR ololmadim. Rossiyadan OVIRsiz chet elga chiqib ketganman. Toshkenga qaytib bormoqchiman. Borsam jinoiy javobgarlikka tortilamanmi? Javob: Bu savolga javob Rossiyadan qaysi davlatga chiqqaningizga bog’liq bo’ladi. Agar borish uchun OVIR talab qilinmaydigan davlatga (masalan, Qozog’istonga) Rossiyadan turib borgan bo’lsangiz, buning uchun hech qanday javobgarlik belgilanmagan. Agar borish […]
Elchixona orqali xorijga chiqish stikerini (OVIR) olish mumkinmi?
Savol: Elchixona orqali boshqa davlatlarga chiqish vizasini olsa bo’ladimi? Men Sankt-Peterburg shahrida yashayman, Saudiya Arabistoniga o’qishga bormiqchiman. Shuning uchun O’zbekistonning Moskvadagi elchixonasi orqali chiqish vizasini olsam bo’ladimi? Yoki albatta O’zbekistonga borib olish kerakmi? Javob: Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston […]
Tergov xonalarini videokuzatuv jihozlari bilan jihozlash haqida
2017-yil 18-aprelda President Shavkat Mirziyoyev “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorini (bundan buyon Qaror) imzoladi. Qarorning 6-bandida 1-yanvar 2018-yilgacha Ichki Ishlar organlarida so‘roqni stenografiya usuli bilan yozib olish, videokuzatuv, shuningdek, tergov harakatlarini audio va videoga muhrlash tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil […]
Aliment to’layotganim uchun OVIR olishimga taqiq qo’yiladimi?
Savol: Men 2016-yilli yanvar oyida chet elga ketdim. Ketganimdan so’ng mendan aliment undirish uchun sudga murojaat qilishgan. Hozirda chet eldan turib har oy 250,000 so’m to’layapman. 2018-yilda O’zbekistonga qaytib borganimda chet elga chiqish uchun qayta OVIR olib chiqa olamanmi? Javob: Agarda sizga sud ijrochisi tomonidan chetga chiqish bo‘yicha taqiq qo‘yilmagan […]
Yo’l qoidabuzarliklariga qancha jarima solinadi?
Savol: Men bir oy ichida bir marta chiziqni bosganim uchun, bir marta odam tashish qoidalariga rioya etmaganim uchun va bir marta o’ng tomondan quvib o’tganim uchun jarimaga tortildim. Bu qoidabuzarliklarim uchun menga qancha miqdorda jarima tayinlanadi? Javob: Sizning javobgarligingiz O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin: “Haydovchilarning transport vositalarini […]
Majburiy paxta terimi tufayli yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish tartibi (Video)
Amaldagi qonunchilikda huquqbuzarlik tufayli etkazilgan mulkiy va nomulkiy zararni qoplash huquqi mavjud. Etkazilgan zarar moddiy yoki ma’naviy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Jinoyat Protsessual Kodeksining 275-moddasiga ko‘ra, bevosita jinoyat tufayli fuqarolarga etkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek, jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sug‘urta tariqasida unga to‘langan pul, nafaqa yoki […]
Haydovchilikka o’qish va imtihon topshirish boshqa-boshqa hududlarda bo’lishi mumkinmi?
Savol: Man Samarqand viloyatidan ro’yxatdan o’tgan edim. Endi Toshkent shahrida ro’yxatga olindim. Men Samarqandda haydovchilik guvohnomasiga olish maqsadida o’qishga ariza topshirib, u yoqda o’qidi degan qog’oz olib kelsam, Toshkentda imtihon topshirib, haydovchilik guvohnomasini olsam bo’ladimi? Javob: O`zbekiston Respublikasida haydovchilarni tayyorlash va haydovchilik guvohnomasini berish masalalari “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 […]
Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?
Savol: Magistraturaning 2 yil o’qish muddati “trudovoy”ga o’tadimi? Magistraturani kontraktga o’qib, 2 yillik trudovoyimga yozilgan mehnat staji bilan diplomni olish mumkinmi? Magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagandim ham. Javob: O`zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog`liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Mazkur Qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, […]