So’nggi paytlarda chop etilgan maqolalar, kitob yoki suratlar sababli so’z va din erkinligi tez-tez to’qnash kelmoqda. Salmon Rushdiy Islomni tahqirlovchi kitob yozgani, Nayjel Vingrov (Nigel Wingrove) Iso payg’ambarni yerga uruvchi kinofilm yaratgani o’z davrida katta shov-shuv va bahslarga sabab bo’lgan edi. Teo van Gokning (Theo van Gogh) Islom haqidagi kinosi […]
Sharh
Blogerlar faoliyatini tartibga solish zarurmi?
Читайте эту статью на русском Joriy yilning 4-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun matbuotda e’lon qilindi. Mazkur hujjat asosida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga blogerlar bilan bog‘liq qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur qo’shimchalar keng bahs-munozaraga sabab bo’lmoqda. Xo’sh, qo’shimchalarning ahamiyati […]
Videoregistrator o’rnatish bo’yicha Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati chiqargan tavsiyalarga sharh
Joriy yil 8-iyun kuni Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) videoregistrator o’rnatish bo’yicha o’z tavsiyalarini chop etdi. Afsuski, mazkur hujjatning davlat tili bo’lmish o’zbek tilidagi matni hali chop etilmadi. Shuning uchun uning asosiy mazmunini o’zbek tilida bayon qilib berishni maqsadga muvofiq deb topdik. DYHXX o’z tavsiyalarini amaldagi qonunchilikka to’xtalishdan boshlaydi. […]
Ўзбекистон конституциясига киритилаётган тузатишлар нимадан дарак беради?
Маълумки, шу кунларда Ўзбекистон парламенти қуйи палатаси конституциянинг 32, 78, 93, 98, 103 ва 117-моддаларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш масаласини кўриб чиқаяпти (Tashabbus изоҳи: Олий мажлис 19 март куни Ўзбекистон Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш ҳақидаги қонун лойиҳасини биринчи ўқишда қабул қилди). Президентнинг қонунчилик ташаббуси ишлаб чиқилган тузатишлар, расмий манбаларда […]
Mansabdor shaxslarning xorijga chiqishini belgilovchi tartib sud hokimiyati mustaqilligiga rahna soladimi?
2014-yil 5-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to’g’risida” Qaror qabul qildi. Mazkur qaror xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqmoqchi bo’lgan mansabdor shaxslar “maxsus kelishuv”dan keyingina safarga chiqishlari mumkinligini belgilaydi. Ijro etuvchi hokimiyat tomonidan ishlab chiqilgan bu qoidalar mustaqil hokimiyat hisoblanuvchi qonun chiqaruvchi va sud […]
“Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida”gi Qonun: Uning ahamiyati va amaliyot bilan bog’liq muammolar
2012-yil 26- dekabrda “Xalq So’zi” gazetasining 251(5671)-sonida “Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida”gi Qonun e’lon qilindi. Uning 31-moddasiga binoan, qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 12 oy o’tgach kuchga kirishi belgilangan. Demak, ushbu hujjat 2013-yil 26-dekabr kuni rasman kuchga kirdi. Tezkor-qidiruv faoliyati tergov oldi harakatlarining eng muhim qismi bo’lgani sababli, bunday faoliyatning alohida […]
Mashinaga videokamera o’rnatish mumkinmi?
Transport vositasi haydovchilari orasida avtoulov videoregistratorini o’rnatish tabora keng tarqalmoqda. O’z navbatida, bunday amaliyot avtoulov haydovchilari va DAN xodimlari o’rtasida kelishmovchiliklarga ham sabab bo’lmoqda. Haydovchilar bunday jihozni o’z mashinalari saloniga o’rnatishga haqlari borligini aytsa, DAN xodimlari bu ishning noqonuniyligini aytadi. Bu maqolada ushbu masalaga oydinlik kiritib, bir-biriga bog’liq bo’lgan ikki […]
Futbol muxlislari stadionda o’zini qanday tutishi kerak?
Yaqinda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Futbol federatsiyasi tomonidan Futbol bo’yicha sport musobaqalarini o’tkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) o’zini tutish Qoidalari ishlab chiqildi. Mazkur qoidalar 22-fevral kunidan e’tiboran kuchga kirdi. Bu maqolada shu Qoidalarning ayrim bandlariga to’xtalib o’tamiz. Avvalo, shuni aytish lozimki, bu qoidalar faqat futbol bo’yicha […]
Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskadan o’tish tartibi to’g’risidagi yangi qonunga tushuntirish
2011-yil 14-sentabrda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari ro’yxati to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun yuzasidan bizga bir qancha savollar kelib tushdi. Quyida qonundagi ba’zi atama va bandlarga tushuntirish va izoh berib o’tamiz. Izohlar qavs ichida berilmoqda. Toshkent shahri va […]
Yanvar oyida qabul qilingan qonunlar
2011-yil 5-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-4262-sonli “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Farmon qabul qildi. Ushbu Farmonga muvofiq Respublikada biometrik pasport hamda biometrik harakatlanish hujjatlari joriy qilinib, O’zbekiston Respublikasi pasport tizimi to’g’risida hamda O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjati to’g’risida Nizomlar qabul qilindi. Mazkur Nizomlarga […]
Dekabr oyida qabul qilingan qonunlar
2010-yil 3-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 284-son “Avtomototransport vositalari uchun ro’yxatdan o’tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini uzaytirish to’g’risida” qaror qabul qildi. Mazkur qarorga ko’ra Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarori 2-bandining […]
Noyabr oyida qabul qilingan qonunlar
2010-yil 2-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-1426-sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qaror qabul qildi. Mazkur qaror “Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning ijodiy va intellektual […]