Oʻzbekistonda xorijga chiqish stikerlarining bekor qilinishi va xorijga chiqish uchun yangi pasport joriy etilishi haqida ilk bor prezidentning 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish pasportini joriy etish toʻgʻrisida”gi farmonidaaytilgan edi. Mazkur farmon talablarini bajarish uchun joriy yilning 8-iyul kuni Oʻzbekiston pasport tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasi muhokama uchun […]
Maqolalar
Kattaqoʻrgʻon voqeasi yoxud falajlangan davlat organlari va fuqarolik jamiyati
Bir qarashda Kattaqoʻrgʻonda sodir boʻlgan hodisa paysalga solinmasdan, javobgarlarga nisbatan qisqa vaqt ichida qonunda belgilangan choralar koʻrilishi kerak edi. Amalda unday boʻlmadi: Sanʼat Umarov sodir etgan qilmish ijtimoiy tarmoqlarda #QadrimniToptama heshtegi bilan keng tarqalib, millionlab kishining gʻazabiga sabab boʻlganidan keyingina hibsga olindi. Tahqirlangan ayol hodisa haqida ariza topshirganiga qariyb 45 […]
Sud zalidagi fil yoxud qiynoqlarga qarshi qachon samarali chora koʻriladi?
Oʻtgan oy jurnalist Bobomurod Abdullayev va uning jinoiy sheriklari deya gumon qilingan uch kishi sud zalidan ozod qilindi. Gumondorlarning barchasi Jinoyat Kodeksining159-modda 4-qismi (Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, hukumatni qurolli yoʻl bilan agʻdarishga urinish) bilan ayblangan edilar. Abdullayev hibsda qariyb 221 kun saqlandi, ammo unga qarshi surilgan asosiy ayblovlarning birortasi oʻz tasdigʻini […]
Huquqshunos minbari: Maktablarni moliyalash uchun kim masʼul?
Amaldagi qonunchilikka koʻra, har kim bilim olish huquqiga ega boʻlib, davlat bepul umumiy taʼlim olishni kafolatlaydi. Mazkur huquq taʼminlanishi uchun umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash maqsadida ham davlat byudjetidan, ham mahalliy hokimiyatdan har yili mablagʻ ajratilishi belgilangan. Butun boshli jamgʻarma ham faoliyat koʻrsatmoqda. Shunga qaramasdan, oʻtgan haftalarda ijtimoiy tarmoqlarda abgor holatda boʻlgan maktablar keng […]
Harbiy xizmatni o‘tagan yigitlarga imtiyoz berilishi ayollar huquqini buzadimi?
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикаси қуролли кучлари сафида муддатли ҳарбий хизматни ўтаб бўлган фуқароларга имтиёзлар тизимини такомиллаштиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида» 2012 йил 31 майда қабул қилинган Қарорига кўра (2017 йил 10 апрелда ўзгартириш киритилган), 2017/2018 ўқув йилидан бошлаб, Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари сафида муддатли ҳарбий хизматни ўтаб бўлган, ҳарбий қисмлар қўмондонлигининг […]
Fotima otin harakatlarida huquqbuzarlik bormidi?
Ўзбекистон телевидениеси Тошкентдаги хонадонда тўпланган аёллар «рухсат олмасдан диний йиғилиш ўтказгани» ҳақида тайёрлаган кўрсатуви ижтимоий тармоқларда анча шов-шув бўлди. Кўрсатув “Отиннинг сўнгги ови” деб номланиб, Фотима отинни (Фотима Абдуллажонова) ноқонуний диний йиғилиш ўтказганликда, бир неча бошқа аёлни эса мазкур диний йиғилишда қатнашганликда айблайди. Бундай ҳуқуқбузарлик учун ҳам Фотима отин, ҳам қатнашган аёллар […]
O‘quvchi va talabalarning ro‘mol o‘rashini taqiqlash qonuniymi?
2017 йил ёз ойларида ҳижобли абитуриентларнинг олий таълим муассасасига аризаси қабул қилинмай, ариза топшириш учун улардан рўмолини ечиш сўралгани ҳақида хабарлар тарқалди. Ижтимоий тармоқларда ва аҳоли ўртасида ҳижоб ўраш ноқонунийми, деган баҳслар яна бир бор янгради. Дин ишлари бўйича қўмита раиси ўринбосарининг Миллий матбуот марказида ўтказилган йиғилишда аёллар рўмоли ҳақидаги […]
Sukut saqlashga haqingiz bor yoxud miranda huquqlari O‘zbekiston qonunlarida qanday aks etgan?
АҚШ филмларида полиция кишини ҳибсга олишдан олдин унга асосий ҳуқуқларини санаб ўтаётгани тасвирланган саҳнани кўп кўргансиз. Жумладан, полиция ҳибсга олинган шахснинг тўртта асосий ҳуқуқини санаб ўтади: 1) сукут сақлаш ҳуқуқи; 2) шахс томонидан айтган ҳар бир сўз ёки хатти-ҳаракат судда унга қарши ишлатилиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантирилиш ҳуқуқи; 3) адвокатга мурожаат […]
Jinoiy qonunchilikka nafratga asoslangan jinoyatlar tushunchasini kiritish vaqti keldi
Шу йилнинг сентябрь ойи охирида Марғилоннинг Қиргули мавзесида талаба йигит ноанъанавий жинсий ориентация вакили сифатида айбланиб, ваҳшийларча калтаклангани тасвирланган видео тарқалди. Видеода талаба ечинтирилгани, дўппослангани, сўйиб юбориш билан таҳдид қилинганини кўриш мумкин. Кўп ўтмасдан, октябрь ойи бошида Фарғона Ички ишлар идоралари воқеа юзасидан жиноий иш очиб, 5 киши ҳибсга олингани маълум […]
“Bosdi-bosdi” bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”. Direktorlarni kaltaklagan hokimga qanday choralar bor?
12 сентябрь куни Сирдарё вилояти Сайхунобод тумани ҳокими Носиржон Эгамбердиев маҳаллий мактаблар директорларини калтаклагани тасвирланган видео «Kun.uz» сайтида эълон қилинди. Видеотасвирда ҳоким Эгамбердиев 8 ўқитувчини уриб, ҳақорат қилаётганини кўриш мумкин. Жумладан, ўқитувчиларга бақириб, «ифлос», «падари лаънат» каби ҳақоратлар билан бирга, директорларнинг елка ва юзига зарба бераётганини кўриш мумкин. Видео: Ҳоким мактаб директорларини […]
O’zbekistonda nodavlat tashkilotlar erkin faoliyat yurita oladimi?
O’zbekistonda yangi hukumat kelgandan beri xalq bilan muloqot, davlat organlarida ochiqlik, xalqaro hamkorlikka intilish va fuqarolik jamiyatini kuchaytirish kabi islohotlarni olib borishga va’da berib kelmoqda. Mazkur islohotlarning har biri ko’plab tahlil va taklif bitilgan maqola yozishga arzigulik bo’lsa-da, bugun O’zbekistondagi fuqarolik jamiyatining ahvoli, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) oldidagi mavjud […]
Jinoyat Kodeksi 235-moddasi tahlili: g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala
Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash uchun mansabdor shaxslarni noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikka tortish alohida ahamiyat kasb etadi. Noqonuniy harakatlar uchun mansabdor shaxs ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Jinoyat Kodeksining (bundan keyin JK) 235-moddasi qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash uchun jinoiy […]