1967-yil Suriya, Iordaniya, Misr va Isroil o’rtasida kelib chiqqan olti kunlik urush natijasida G’arbiy Sohil, G’azo Sektori va Sharqiy Quddus Isroil askarlari tomonidan bosib olindi. Shu yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Isroilni bosib olingan hududlarni zudlik bilan tark etishga chaqiruvchi 242-Rezolyutsiya qabul qildi. Isroil haligacha Rezolyutsiya talablarini bajargani yo’q. […]
Maqolalar
O’lim jazosini quvvatlovchi va unga qarshilarning asosiy dalillari
O’lim jazosi mavzusi hamisha qizg’in bahs-mulohazalarga sabab bo’lib kelgan. Shu kunlarda bu mavzu keng muhokama qilishga undaydigan bir necha voqealar sodir bo’ldi. O’tgan yilning iyul oyida Norvegiyada 77 insonni o’ldirgan Anders Breyvik 24-avgustda 21 yillik qamoq jazosiga hukm etildi. Ko’plab kishilar bunday jazo qilmishga munosib emasligini, Anders Breyvikni o’lim jazosiga mahkum […]
“Grin karta” g’oliblari uchun foydali ma’lumotlar
DV 2013 Lotoreya Dasturi arizachilari lotoreya natijalarini elektron DV vebsaytida 2012-yil 1-maydan boshlab 2013-yil 30-sentabrgacha tekshirishlari mumkin. Lotoreya natijalarinini tekshirishda arizachiga DV lotoreyaga ariza topshirgan mahal berilgan tasdiq xati kerak bo’ladi. Ushbu xatdagi tasdiq nomerini vebsaytga kiritib, lotereyada yutgan yoki yutmaganligingizni aniqlashingiz mumkin. Eslatib o’tamiz, DV lotoreya dasturiga qabul 2011-yil […]
AQShda Miranda huquqlari
Miranda huquqlari nima? Politsiya biror kishini hibsga olgandan keyin uni albatta so’roq qiladi. So’roq qilish orqali politsiya, asosan, kishining aybini isbotlovchi dalillarni topishga harakat qiladi. Shuning uchun hibsga olingan shaxs politsiya tomonidan so’roq qilinish davomida o’zini qanday tutishni va asosiy huquqlari nimalardan iborat ekanligini yaxshi bilishi kerak. Umuman olganda, AQShda […]
Adolat.net talabalarni amaliyotga taklif etadi
Adolat.Net loyihasi haqida Adolat.Net huquqiy sayti bir guruh malakali yuristlar tomonidan O’zbekistonda kuchli huquqiy demokratik davlat qurilishi jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida 2010-yilda tashkil etilgan. O’zbekistonda qonun usuvorligini ta’minlash uchun fuqarolarning yuridik savodxonligini oshirish loyiha oldidagi eng muhim vazifa va maqsad hisoblanadi. Malakali huquqshunos kadrlarni yetishtirish va […]
O’zbekistonning Nyu-Yorkdagi Konsuli Durbek Amanovning “Vatandosh” gazetasiga bergan intervyusi
Мақола Ватандош газетасидан олинди. Маълумки, март ойининг бошида “Ватандош” газетаси Ўзбекистон Республикасининг Нью-Йорк шаҳридаги Консули Дурбек Аманов билан суҳбат уюштириш мақсадида Facebookдаги саҳифамиз орқали ўқувчиларимиздан саволлар олган эдик. Биз саволлар бўйича консул билан бевосита видео-суҳбат уюштиришни режалаштирган эдик. Аммо айрим техник сабаблар туфайли ушбу ниятимиз амалга ошмай қолди. Шундай бўлса-да, […]
AQSh politsiyasi mashinangizni to’xtatsa, nima qilish kerak?
AQShda mashina haydovchi vatandoshlarimiz orasida yo’l politsiyasi to’xtatganda, bir oz bo’lsa ham hadiksiramaydigani topilmasa kerak. Bunday vaziyatda yo’l qo’yiladigan xatolar, odatda, ikki holatdan birida ro’y beradi. Birinchisi, haydovchining politsiyaga nisbatan hurmatsizlik bilan muomalada bo’lishi oqibatida. Bu ko’pincha haydovchi o’zini aybsiz deb hisoblaganda ro’y beradi. Ikkinchisi, haydovchining politsiya iltimoslariga e’tirozsiz itoat […]
Davlat tili to’g’risidagi qonun tahrirga muhtojmi?
Kirish O’zbek tilining O’zbekiston hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari asosan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Davlat tili haqida”gi Qonuni (bundan keyin Qonun) bilan tartibga solinadi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida davlat tili o’zbek tilidir va uning hududida yashovchi barcha millat va elatlarning tillari hurmat qilinishi qonun bilan kafolatlangan. […]
Qaddofiyning o’limi va xalqaro huquq
Mirakmal Niyazmatov Qaddofiyning o’limi dunyo bo’ylab turlicha qarshilandi. Uning o’limini tabassum bilan qarshi olgan AQSh Davlat Kotibi Hillari Klinton Qaddofiyning o’limi Liviya xalqi uchun yangi davrning boshlanishi ekanini aytgan bo’lsa, Venesuela Prezidenti Ugo Chaves uning o’limiga afsuslanib, Qaddofiyni shahid deb atadi. Liviyadagi Milliy O’tish Davri Kengashining (MO’DK) yuqori martabali mulozimi […]
Qonunga itoat etish madaniyati
Yaqin do‘stim yurtimizda faoliyat yuritgan chet el kompaniyasida haydovchi bo‘lib ishlardi. O‘tgan yillar davomida uning biror marta bo‘lsa-da, xavfsizlik kamarini taqmagan holda mashina boshqarganini ko‘rmadim. Ammo xorijlik “shef”i qarshisida hamisha o‘zini batartib tutgan do‘stim shaxsiy mashinasini boshqarayotgan chog‘da bu “intizom”ga mutlaqo amal qilmasdi. — Xorijliklar qonunga amal qilmaydiganlarni ayab o‘tirishmaydi, […]
Huquqiy tushunchalar siyosiylashganda yoxud genotsid nima?
Миракмал НИЯЗМАТОВ 24 январь 2012 йил Франция Сенати геноцидни инкор этишни жиноят деб белгиловчи қонун лойиҳасини тасдиқлади. Қонун лойиҳаси тахминан бир аср олдин Усмонийлар салтанати ҳудуда арманларга қарши содир этилган қирғинни геноцид деб тан олишни рад этганлик учун жиноий жавобгарлик белгилайди. Бу жиноятни содир этган шахсга тахминан 58 минг доллар […]
Noqonuniy muhojirlar: Ularning qanday huquqlari bor?
Aholisi 310 millionga yaqin Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSH) muhojirlar mamlakatidir. Taxminlarga ko’ra, AQSH hududida bugun 12-15 million noqonuniy muhojir yashaydi. Noqonuniy muhojir bu AQSHda qonuniy ravishda istiqomat qilishga hujjati bo’lmagan shaxsdir. Noqonuniy muhojirlar immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan tutilgan taqdirda, o’z vatanlariga deportatsiya (badarg’a) qilinadilar. Masalan, “Amerika Ovozi”ga ko’ra, har yili […]