Mehnat va jtimoiy ta'minot

Bolalikdan nogironlar uchun qanday nafaqa beriladi?

Savol: Mening bir singlim bolalikdan soqov, hozirda singlimni turmushga berganmiz. Shu singlimga davlat tomonidan ijtimoiy nafaqa to‘lanadimi? Buning tartibi qanday? Iltimos batafsil tushuntirish bersangiz.

Javob: Ushbu masalaO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-son qaroriga 1-ilova sifatida qabul qilingan “Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solingan.  Unga ko’ra, bolalikdan nogiron shaxslarga nogironlik nafaqasi to’lanishi belgilangan bo’lib, nogironlik nafaqasini olish tartibi va boshqa qoidalar quyida keltirilgan.

Har oylik nafaqalarni olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I yoki II guruh nogironlari deb tan olingan, ish stajiga ega bo‘lmagan 16 yoshdan katta bo‘lgan shaxslar, shuningdek, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza bolalikdan I yoki II guruh nogironi tomonidan yashash joyidagi tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

Mehnatga layoqatsiz deb topilgan bolalikdan I va II guruh nogironiga, shuningdek, nogiron bolaga nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza ota-onalardan biri, vasiy tomonidan yashash joyi bo‘yicha beriladi.

Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizaga I va II guruh bolalikdan nogiron yoxud nogiron bolaning yoshi va turar joyi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, ariza bergan ota-onalar, vasiylarning yashash joyi to‘g‘risidagi hujjatlar ilova qilinadi.

Vasiy ariza bilan murojaat qilgan hollarda vasiylik organining vasiy qilib tayinlash to‘g‘risidagi qarorining bir nusxasi ilova qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi I va II guruh bolalikdan nogironning arizasiga ular tomonidan tibbiy mehnat-ekspert komissiyasidan olingan tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani ilova qiladi.

Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizani qabul qilib olgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligi haqida tilxat beriladi.

Ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.

Agar nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza pochta orqali yuborilsa hamda barcha zarur hujjatlar taqdim etilsa, ariza jo‘natilgan joyning pochta shtempelida ko‘rsatilgan sana nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.

Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda qanday hujjatlarni qo‘shimcha ravishda taqdim etish kerakligi ariza beruvchiga ma’lum qilinadi. Agar bu hujjatlar qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi to‘g‘risida bildirish olingan kundan boshlab 3 oydan kechikmay taqdim etilsa, nafaqa tayinlash to‘g‘risida ariza qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.

Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqiladi.

Nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qiluvchi nafaqa tayinlash haqidagi qaror ustidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin. Ariza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.

Nafaqa nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. I va II guruh bolalikdan nogironlarga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolalarga nafaqa tibbiy xulosada belgilangan muddatga tayinlanadi.

Nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogironning, yoxud nafaqa tayinlangan nogiron bolalarning ota-onalari yashaydigan joy bo‘yicha tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi. Vasiylarga nafaqa ularning yashash joylari bo‘yicha to‘lanadi.

Ishonchnoma bo‘yicha nafaqa davlat pensiyalarini ishonchnoma bo‘yicha to‘lash uchun belgilangan tartibda to‘lanadi.

I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nogiron bola tomonidan nogironlikni qayta tekshirishdan o‘tkazish muddati kechiktirib yuborilganda nafaqa nogironlarga davlat pensiyalari tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chganda nafaqani to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha tegishli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nafaqa oluvchining shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi olingandan keyin mana shu tuman (shahar)da davom ettiriladi. Bunday holda nafaqa to‘lash ilgarigi yashash joyi bo‘yicha nafaqa to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.

Nafaqa to‘lash to‘xtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib kelgan boshqa holatlar (I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nogiron bola internat uyga to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda yoki undan qaytarib yuborilganda va shu kabilar) paydo bo‘lganda nafaqa to‘lash shu holat paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab to‘xtatiladi yoki tiklanadi.

Tayinlangan, biroq oluvchi tomonidan o‘z vaqtida talab etib olinmagan nafaqa summasi nafaqa olish uchun murojaat qilingandan oldingi o‘tgan vaqt uchun ko‘pi bilan uch yilga to‘lanadi.

Nafaqa tayinlagan yoki nafaqa to‘layotgan organning aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan nafaqa summasi o‘tgan vaqt uchun biror-bir muddat bilan cheklashsiz to‘lanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan holda nafaqaning 12 oyga tegishli bo‘lgan summasi bir yo‘la to‘lanadi, qolgan qismlari esa har oyda nafaqaning joriy qismiga qo‘shimcha tarzda oylik nafaqadan oshmaydigan teng ulushlarda to‘lanadi.

Tayinlangan nafaqa I va II guruh bolalikdan nogironga, u olayotgan ish haqi, stipendiya, aliment yoki daromadlarning boshqa turlaridan qat’i nazar, to‘lanadi.

Nogiron bolaga tayinlangan nafaqa, u tomonidan (uning uchun) boshqa nafaqalar olinishidan qat’i nazar, to‘lanadi.

Comments are closed.