Mehnat va jtimoiy ta'minot

Bolaga nafaqa olish uchun avval suyunchi pulini olish kerakmi?

Savol: Bolam hozir olti oylik. Bolamga nafaqa tayorlash uchun mahallamizga murojaat qilgandik, “avval suyunchi pulini oling, keyin o’ylab ko’ramiz” deyishdi. Suyunchi pulini olgunimga qadar bolam olti oylik bo’ldi. Nafaqani olish uchun bugun hujjatlarni topshirdim. O’tgan olti oy uchun ham nafaqa beriladimi?

Javob: Suyunchi puli O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 287-moddasi va boshqa bir qancha normativ hujjatlari bilan tartibga solingan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va Aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2002-yil 1-apreldagi 21-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko’ra:

– Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.

Ish haqiga koeffitsient qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

– Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi.

– Bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

Ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganda nafaqa ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

– Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

– Agar ayol homiladorlik bo‘yicha ta’til davrida ishdan bo‘shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa olgan bo‘lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

–  Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi.

Nizomning 5-bandiga ko’ra, nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan, vafot etgan yoki bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilinganda to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevral 44-son qaroriga 1-ilova bo‘lgan “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizomning 1-moddasiga ko’ra, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa “bolali oilalarga nafaqa” deb ataladi, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa “bola parvarishi bo‘yicha nafaqa” deb ataladi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam “moddiy yordam” deb ataladi. Nizom mazkur uch turdagi nafaqalarni tayinlash tartibini belgilaydi.

“Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibini tasdiqlash  to‘g‘risidagi Nizomni  12-bandiga muvofiq  bolali oilalarga  nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa muomilaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa-bolaning onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Shu Nizomning 10-bandiga ko‘ra bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy  yordam, ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organigamurojjaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab  to‘lanadi.

“Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizomda uning 1-moddasida tavsiflangan nafaqalarni olish uchun avval suyunchi puli, ya’ni bola tug’ilgandan beriladigan nafaqani olish lozimligi talab etilishi yozilmagna. Mazkur holatni talab etuvchi qoida “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda ham va boshqa qonunchilik normalarida ham mavjud emas. Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqa bo’lib, u har bir tug’ilgan bolaning ota-onasining murojaati bo’yicha berilishi lozim.

Mehnat kodeksining 284-moddaga ko’ra, bola tug’ilganda beriladigan nafaqat davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan beriladigan ta’minot turi hisoblanadi. Mahallaning nafaqalar tayinlash bo’yicha Komissiyasining nafaqa olish uchun arizani topshirishdan avval suyunchi pulini olishni talab etishi noqonuniy hisoblanadi. Siz Komissiyaning noqonuniy harakatlari tufayli nafaqa so’rab murojaat etish huquqingiz busilganligi va yo’qotilgan moddiy yordamni undirishni so’rab, mahallaning o’ziga, agar ijobiy natija bo’lmasa, mahallaning bo’ysunishi bo’yicha yuqori turuvchi organi tumani hokimiga, shuningdek bir paytning o’zida tumani fuqarolik sudiga yoki prokuroriga ijtimoiy ta’minot olish huquqingiz buzilganligidan shikoyat qilishingiz mumkin. Shikoyat yozishda yordam uchun bizga bo’lanishingiz mumkin.

Comments are closed.