Mehnat va jtimoiy ta'minot

Bola parvarishi uchun nafaqat tayinlashda dekret puli haqida ma’lumotnoma so’rash qonuniymi?

Savol: Bolaga ikki yoshgacha nafaqa uchun hujjat topshirgandim, dekret puli haqida ma’lumot so’radi. Shu to’g’rimi? Dekret puli 18-avgustda chiqgan, hujjatni 14-noyabrda taqdim etdim.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevral 44-son qaroriga 1-ilova bo‘lgan “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizomning 1-moddasiga ko’ra, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa “bolali oilalarga nafaqa” deb ataladi, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa “bola parvarishi bo‘yicha nafaqa” deb ataladi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam “moddiy yordam” deb ataladi. Nizom mazkur uch turdagi nafaqalarni tayinlash tartibini belgilaydi.

Nizomni 8-bandiga ko‘ra, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan oilalarga  tayinlanishi ko‘zda tutilgan.

18-bandiga ko’ra esa, oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.

Nizomning 22-bandiga ko‘ra, o‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oial a’zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:

  • mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar;
  • mulkiy daromadlar;
  • yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi;
  • chet elda ishdaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a’zolairdan pul tushumlari summasi;
  • pensiyalar, stipediyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan nafaqa va moddiy yordamdan tashqari);
  • shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yurtishdan olingan daromad;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar.

 

Demak, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlashda oilaning jami daromadini aniqlash uchun bolanign onasidan uch oy oldingi olingan dekret puli haqida ma’lumotnoma so’rash qonuniy hisoblanadi.

Comments are closed.