Jinoyat va ma'muriy huquq

Besoqolbozlik jinoyatmi?

Savol: O’zbekiston Respublikasi qonunlarida besoqolbozlar (gomoseksuallar) haqida nima deyilgan?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 120-moddasi “Besoqolbozlik” deya nomlanib, unga ko’ra erkak jinsidagi shaxsning boshqa bir erkak jinsidagi shaxs bilan o’z xohishiga ko’ra jinsiy aloqada bo’lishi jinoyat hisoblanadi. Besoqolbozlik – erkak jinsiga mansub bo’lgan ikki yoki undan ortiq erkakning jinsiy munosabatda bo’lishi, oilaviy hayot kechirishi O’zbekiston Respublikasida axloqiy buzuqlik hisoblanadi va jamiyatga, oilaga tahdid soluvchi ijtimoiy xavfga ega jinoyat hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida nikoh ikki jins vakillari o’rtasida tuzilishi belgilangan. Bir jins vakillarining nikohda bo’lishlari, birgalikda jinsiy hayot kechirishlari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra man etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining erkak jinsidagi ikki shaxsning nikoh yoki boshqa shakldagi jinsiy, oilaviy munosabatlarini taqiqlovchi normasi:

“120-modda. Besoqolbozlik

Besoqolbozlik, ya‘ni erkakning erkak bilan zo‘rlik ishlatmasdan jinsiy ehtiyojini qondirishi —

uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

3 Comments