Maqolalar

AQSh fuqaroligi sari odimlar: Naturalizatsiya jarayoni nima?

Doimiy turar joyga ega bo’lganlarning AQSh fuqaroligini olishi ularni yangi huquq va afzalliklar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, AQSh fuqaroligi yangi majburiyatlarni ham yuklaydi. Ushbu bo’limda sizning e’tiboringizga AQSh fuqaroligini olish uchun foydali maslahatlar, fuqarolik olish zarur bo’lgan jarayonlar haqida ma’lumotlarni havola etamiz.

AQSh fuqaroligini olish uchun ishonch qasamyodini keltirishingiz lozim. Boshqa, istalgan davlat millatidan voz kechishingiz lozim. AQSh Konstitutsiyasini qabul qilishingiz va uni himoya qilish to’g’risida majburiyatni olishingiz lozim. AQSh fuqaroligini olish bilan amerikaliklar bilan teng majburiyatlarga ega bo’lasiz. Shu bilan birga fuqarolik sababli ma’lum huquq va afzalliklarga ega bo’lasiz.

AQSh fuqaroligini olish afzalliklari

AQShda doimiy ro’yxatda turuvchilar AQSh fuqarolari ega bo’lgan ko’plab huquqlarga ega. Shunga qaramay, AQSh fuqaroligini olishning ko’plab afzalliklari mavjud. Ulardan ba’zilarini quyida ko’rib chiqamiz:

  • Vatanparvarlikni namoyish qilish imkoniyati. AQSh fuqaroligini olish bilan, yangi mamlakatingizga fidokorligingizni namoyish etishingiz mumkin.
  • Saylovlarda ishtirok etish imkoniyati. Federal organlarga saylovlarda faqat AQSh fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
  • Hakamlik sudlarida hakam sifatida ishtirok etish imkoniyati. Faqat AQSh fuqarolari hakamlik sudlarida a’zo sifatida ishtirok etishi mumkin. Hakamlik sudlarida a’zo sifatida ishtirok etish AQSh fuqarolarining muhim majburiyatlaridan biri hisoblanadi.
  • AQSH fuqarolik pasporti bilan sayohat qilish imkoniyati. AQSh fuqarolik pasporti Amerika hokimiyatining o’z fuqarolariga xorijda ham ko’mak va hamkorligini ta’minlaydi.
  • AQShga o’z oilasingizni olib kelish imkoniyati. AQSh fuqarolari o’z oila a’zolarini AQShga doimiy yashash uchun chaqirib olishda afzalliklarga ega.
  • Xorijda tug’ilgan farzandlaringizga AQSh fuqaroligini olish imkoniyati. Odatda, AQSh fuqaroligini olgan shaxsning xorijda tug’ilgan farzandlari to’g’ridan to’g’ri AQSh fuqaroligiga qabul qilinadi.
  • Federal hokimiyat organlarida ishlash imkoniyati. Davlat idoralarida ma’lum mansablar uchun AQSh fuqaroligi talab etiladi.
  • Saylangan mansabdor shaxs bo’lish imkoniyati. Ko’plab saylanadigan mansablarga AQSh fuqaroligi talab etiladi.
  • Soliq majburiyatlari bo’yicha talabning muvofiqligi. AQSh fuqarolari va AQShda doimiy yashovchilarning soliq majburiyatlari farq qilishi mumkin.
  • AQShda yashash huquqini saqlab qolish imkoniyati. AQSh fuqarolari AQShda yashash huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
  • Federal grantlar va stipendiyalar olish imkoniyati. Moliyaviy yordam ko’rinishidagi ko’plab grantlar, oliy ta’lim muassasalaridagi talabalarga stipendiyalar va ma’lum maqsadlar uchun beriladigan moliyaviy yordamlar faqat AQSh fuqarolariga beriladi.
  • Davlat nafaqalarini olish imkoniyati. Ba’zi davlat nafaqalarining turlari faqat AQSh fuqarolariga beriladi.

Naturalizatiya – AQSh fuqaroligini olish jarayoni

AQSh fuqaroligini olish jarayoni naturalizatsiya deb nomlanadi. Quyidagi talablarga javob bersangiz, naturalizatsiya qilinish haqida ariza yozishingiz mumkin:

Besh yildan kam bo’lmagan muddatda AQShda doimiya yashovchi sifatida istiqomat qilasiz (AQSh fuqarosi bilan nikohdan o’tganlar yoki birga yashovchilar uchun uch yildan kam bo’lmagan muddat):

Oxirgi besh yil davomida AQSh hududida 30 oydan kam bo’lmagan muddatda istiqomat qilgansiz (AQSh fuqarosi bilan nikohdan o’tganlar yoki birga yashovchilar uchun 18 oydan kam bo’lmagan muddat);

Ariza topshirgunga qadar o’sha shtat yoki okrug hududida uch oydan kam bo’lmagan muddat istiqomat qilgansiz.

Agar quyidagi kategoriyaga mansub bo’lsangiz, sizning holatingizga boshqa qoidalar amal qiladi:

Siz yoki vafot etgan ota-onangizdan biri, turmush o’rtog’ingiz yoki farzandingiz AQSh Harbiy Kuchlarida xizmat ko’rsatgan bo’lsa;

AQSh fuqarolarining farzandi bo’lsangiz;

1986 yildagi Amnistiya to’g’risidagi qonunga ko’ra, AQShda doimiy yashash huquqini qo’lga kiritgan bo’lsangiz;

Qochoq maqomiga egasiz yoki AQShdan siyosiy boshpana topgansiz;

Xorijda doimiy yashovchi AQSh fuqarosi bilan nikohdan o’tgansiz;

AQSh fuqarosi bo’lmagan shaxs bilan nikohdan ajrashish bilan AQSh fuqaroligini yo’qotgansiz;

Ba’zi kompaniya va notijorat tashkilotlarida xizmat qilasiz.

Kengroq ma’lumotni A Guide to Naturalization kitobidan olishingiz mumkin. Bundan tashqari,  ma’lumot uchun immigratsiya yo’nalishiga ixtisoslashgan huquqshunosga yoki boshqa malakali mutaxassisga murojaat qilishingiz mumkin.

Naturalizatsiya jarayoni haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin?

18 va undan katta yoshdagi AQSh fuqaroligini olishni istovchi shaxslar M-476 Formasini (A Guide to Naturalization) olishi kerak. Bu qo’llanmada naturalizatsiyaning talablari haqida muhim ma’lumotlar mavjud. Unga siz to’ldirishingiz lozim bo’lgan formalar ham ilova qilingan.

AQSh fuqarolini olish huquqiga egasizmi yo’qmiligini aniqlash uchun A Guide to Naturalization qo’llanmasining oxiridagi “Naturalizatiya huquqini aniqlash uchun ro’yxat” M-480 Formasini to’ldiring. AQSh fuqaroligini olish uchun ariza topshirish uchun N-400 Formasini to’ldiring.

M-476, M-480 va M-400 Formalari blanklarini USCIS ning 1-800-870-3676 raqamlariga qo’ng’iroq qilib yoki uning vebsayti http://www.uscis.gov manzilidan yuklab olish mumkin.

2 Comments

  1. KETMOQCHI BO`GANLAGA KATTA KO`CHA (XARIP AMERIKADA XAM XARIP) EPLAGAN SHU YERDA XAM YAXSHI YASHAYAPDI EPLOLMAGAN AMERIKADA XAM ……….

  2. Thank you so much ^_^ Juda qimmatli ma`lumotlarga ega bo’ldim!!!