Fuqarolik huquqi

Ajrashish uchun nikoh guvohnomasi kerakmi?

Savol: Nikohdan ajrashmoqchiman, ammo nikoh guvohnomasi turmush o’rtog’imda. Sud arizamni nikoh guvohnomasisiz ham qabul qiladimi?

Javob: Nikohdan ajrashish uchun nikoh guvohnomasining dublikati yoki nikohni qayd etgan FHDYO organining qayd daftaridan ko’chirmani ilova qilgan holda sudga ariza bersa bo’ladi. Ya’ni, nikohingizni qayd ettirgan tuman FHDYO organiga borib mazkur vaziyatni batafsil tushuntirishingiz va FHDYO organidan sudga ariza berish uchun ilova sifatida nikoh guvohnomasining dublikatini yoki nikohni qayd etish daftaridan ko’chirma berishini so’rashingiz lozim. Mazkur dublikat yoki nikohni qayd etish daftaridan ko’chirmani sudga topshirayotgan arizaga ilova qilgan holda nikohdan ajrashish uchun turmush o’rtog’ingiz yoki o’zingiz yashab turgan tuman fuqarolik ishlari bo’yicha sudiga murojaat qilishingiz mumkin. Sud nikohdan ajrashish to’g’risidagi arizangizni nikoh guvohnomasining dublikati yoki FHDYO organining nikohni qayd etish daftaridan ko’chirmasi bilan ham qabul qiladi.

One Comment