Rakhmad Sobirov* Bugungi kunda o’zbekistonliklar dunyoning deyarli barcha davlatlariga kirib borgan, desak xato bo’lmaydi. Buni vatandoshlarimizning “global fuqaro” sifatida shakllanayotganligiga dalil desak ham bo’ladi. Dunyoning qaysi bir davlatiga bormang, o’sha yerda o’qish, sayohat, ish safarlariga borgan yoki doimiy ravishda chet ellarda istiqomat qilayotgan o’zbekistonlik hamyurtlarimizni uchratishingiz mumkin. Bu globallashuv ma’lum […]
Search Results for "advokat"
Yaxsi advokatni qanday topish mumkin?
Mirakmal NIYAZMATOV AQShda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasida turli huquqiy muammolarga duch kelib, advokat qidiruvchilar ko’p uchraydi. Huquqiy muammo qisqa muddatda va sizning foydangizga hal bo’lishi uchun siz tanlagan advokat malakali va o’z kasbiga fidoyi bo’lishi kerak. Aksincha, malakasi past yoki insofsiz advokatga duch kelsangiz, pulingiz va vaqtingiz zoye bo’lishi bila […]
Advokatura institutini isloh qilish – inson huquqlari himoyasini kuchaytirish vositasidir.
Б. Саломов* Асосий фаолият йўналиши инсон ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилишга қаратилган институтлар орасида адвокатура алоҳида ва муҳим ўрин эгаллайди. Шу сабабли мамлакатимизда суд-ҳуқуқ соҳасида олиб борилаётган ислоҳотлар жараёнида фуқаролик жамиятининг муҳим институтларидан бири бўлган адвокатура тизимини ислоҳ қилиш ҳамда унинг жамиятдаги мавқеини оширишга кенг эътибор қаратилмоқда. Соҳани ривожлантириш ва […]
Kim advokat bo’la oladi?
Savol: Barcha tergov jarayonida advokat ishtirok etishi mumkinmi?Jinoyat ishida kim advokat bo’lishi mumkin? Yaqin qarindoshlari himoyachi bo’la oladimi? Javob: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual qonunchiligiga ko’ra, jinoyat ishlarida mijozini himoya qilayotgan advokat (har qanday) tergov harakatida ishtirok etishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksi 111-moddasining 2-qismiga ko’ra, jinoyat ishida gumon […]
Sudlashish – aybmi?
Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz biror masala ustida nizolashib qolishsa, “yur, qoziga boramiz” deyishgan. Ikkalasi ham masalaning bunday yechimiga ongli ravishda rozi bo‘lgan. Chunki inson zoti shunaqa, o‘z manfaati turgan joyda, ba’zan xatolarini ko‘rmay qolishi mumkin. Mana shunaqa vaziyatda o‘rtadagi xolis inson haqiqatni ko‘rsatib bergan. Bunga hech kim e’tiroz bildirmagan. Yoki xalq orasida […]
Sizni ichki ishlar xodimi to‘xtatdi: nima qilish kerak?
Ichki ishlar xodimlari hujjatlarni tekshirish uchun ko‘chada har kimni to‘xtatishi mumkin. Bu vaziyatdan tezroq va iloji boricha talafotlarsiz chiqib ketish yo‘llari bor. Bugungi kunda tez-tez uchraydigan holat: ichki ishlar xodimi ko‘cha yoki metroda hujjatlaringizni tekshirish uchun sizni to‘xtatdi. Masalan, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq xodim sizni qidiruvdagi shaxs deb […]
Uyingizda tintuv o‘tkazishmoqchi. Nima qilish kerak?
Kerak bo‘lsa, “stolba ham qamalib ketishi” mumkin bo‘lgan bir paytlarda yashadik. U davrlar qaytmasligiga ishonsak ham, inson hamma narsaga tayyor turishi kerak. Bu maqola tintuv haqida eslatmadir. Tintuv qilish uchun har kimnikiga kelishlari mumkin. Buning uchun shaxs biror jinoiy ishda aybdor yoki guvoh bo‘lishi shart emas. Tintuv o‘tkazish jarayonida sizga yordam […]
Akfa universitetiga qoʻllanilgan soliq imtiyozlari adolatlimi?
Oxirgi oyning muhim yangiliklaridan biri mamlakatimizda yangi universitet ochilayotganligi haqidagi xabar boʻldi. Bu haqida deyarli barcha OAV vositalarida yoritildi, ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokamalar davom etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi “Akfa universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 130-son qarori (keyingi oʻrinlarda – Qaror) bilan foyda olishni maqsad qilgan tijoratchi yuridik shaxs […]
Odil sudlovning shaffofligi: bizda sud qarorlari qachon ochiladi?
Yaqinda eʼlon qilingan bir xalqaro hisobotda yurtimizga berilgan oʻrin va baho har qanday Oʻzbekiston fuqarosini yuragini gʻashlantirsa ajab emas. Butunjahon Adolat Loyihasi (World Justice Project) tashkiloti oʻzining 2017–2018-yillardagi Huquq Ustuvorligi Indeksining (WJP Rule of Law Index) Davlat Idoralari Shaffofligi (Open Government) yoʻnalishi boʻyicha 113 mamlakat ichidan davlatimizga 108-oʻrinni bergan. Yurtingda […]
Toshkent City ni qanday qilib Mintaqadagi Xalqaro Arbitraj Markaziga Aylantirish mumkin?
Toshkent Oʻrta Osiyo mintaqasidagi eng yirik va aholisi eng koʻp shahar boʻlib, bu yerda 3 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi. Poytaxtimiz haqli ravishda Markaziy Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi maqomiga daʼvogarlik qiladi. Oʻzbekiston Hukumati haqli ravishda shaharni butkul oʻzgartirish va uni obroʻsini yana ham oshirish maqsadida Toshkent City kabi multi-milliard loyihani boshlab berdi. Unga koʻra, […]
Tadbirkor-hokim fenomeni: manfaatlar toʻqnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslari qachon ishlab chiqiladi?
Davlat xizmatchilari – mansabdor shaxslar davlat boshqaruvida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Toshkent shahriga mashhur tadbirkor Jahongir Ortiqxoʻjayevni hokim etib tayinladi va bu bilan tashabbuskorlik va ishbilarmonlik mansabdor shaxslar uchunmuhim hislat ekanini ham anglatdi. Biroq oxirgi paytlarda tadbirkor-hokim imidjiga putur yetmoqda. Eng qizigʻi bunga qonuchilikni oddiy qoidalarini bilmaslik […]
Adham Olimov va boshqa blogerlarning hibsga olinishi qonun ustuvorligi uchun jiddiy sinov
Feysbukda Musannif Adham nomi bilan tanilgan bloger Adham Olimov va boshqa blogerlar hibsga olinishida Sovet qatagʻoni va islohotlar boshlanmasidan oldingi noqonuniy usullarni kuzatish mumkin. Adham Olimov 28 avgust kuni kechqurun soat 18:00larda sakkiz nafar kishi tomonidan hibsga olindi va Olmazor tumani IIBga olib ketildi. Tashrif buyurgan kishilar ism-familiyasini aytmagan, xizmat guvohnomasini koʻrsatmagan. […]