O’zbekiston davlat byudjetidan 2015-yil umumta’lim maktablarini ta’mirlash uchun 400 mlrd. so’mdan ortiq mablag’ ajratilgan. Bundan tashqari, davlat byudjeti va mahalliy hokimiyatdan umumiy ta’limni rivojlantirish uchun har yili qo’shimcha mablag’lar ajratiladi. Shunga qaramasdan, yurtimiz ta’lim muassasalarida ota-onalardan turli bahonalar bilan pul yig’ib olish odatiy holga aylandi. Masalan, ommaviy axborot vositalarida xabar qilinishicha, Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi maktablardan birida ota-onalardan sinf fondi uchun har oy 5 ming so’mdan, maktab fondi uchun esa 30 ming so’mdan pul yig’ilishi talab qilingan. Mazkur masala ijtimoiy tarmoq va forumlarda ham keng muhokama qilingan. Chunki u aholining jiddiy noroziligiga sabab bo’layotgan masalalardan biridir.
Maktab ma’muriyati o’quvchilar orqali ota-onalardan, asosan, sinfni remont qilish, bayram tadbirlarini o’tkazish, o’qituvchilarga sovg’a sotib olish va maktab faoliyatining boshqa jabhalari uchun pul yig’ib oladilar.
“Tashabbus”ga ham mazkur amaliyotning qonuniyligini so’rab ko’plab savollar tushmoqda. Xo’sh, maktab ma’muriyati va o’qitivchilar o’quvchi ota-onasidan pul yig’ib olishi qonuniymi? Navbatdagi podkastimizda shu mavzuni tahlil qilamiz.
Podkast matniga asos bo’lgan maqolani quyida o’qishingiz mumkin: Maktab uchun ota-onalardan pul yig’ish qonuniymi?
Barcha podkastlarimizni «Soundcloud»dagi sahifamiz orqali kuzatib boring.