Month: September 2016

Mehnatga majburlagani uchun kimga qanday javobgarlik bor?
Dolzarb mavzu Konstitutsiyaviy huquq Maqolalar Mehnat va jtimoiy ta'minot

Mehnatga majburlagani uchun kimga qanday javobgarlik bor?

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, har qanday huquqbuzarlikning sodir etilishi yuridik javobgarlik uchun asos bo‘ladi. Yuridik javobgarlikning 4 asosiy ko‘rinishi mavjud: jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqarolik-huquqiy. Paxta dalasida sodir bo‘lgan noxush voqeaga aloqasi bo‘lgan har qanday mansabdor shaxs yoki davlat organiga nisbatan yuqorida sanab o‘tilgan javobgarlik turlarining bittasi va/yoki bir nechtasi qo‘llanilishi […]

Majburiy mehnat natijasida yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararni undirish tartibi
Dolzarb mavzu Maqolalar Mehnat va jtimoiy ta'minot

Majburiy mehnat natijasida yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararni undirish tartibi

Amaldagi qonunchilikda huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan mulkiy va nomulkiy zararni qoplash huquqi mavjud. Yetkazilgan zarar moddiy yoki ma’naviy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Jinoyat Protsessual Kodeksining 275-moddasiga quyidagi toifadagi moddiy ziyon qoplanishi kafolatlanadi: bevosita jinoyat tufayli fuqarolarga yetkazilgan ziyon; jabrlanuvchini dafn etish bo’yicha xarajatlar; jabrlanuvchining kasalxonada davolanishi bo’yicha xarajatlar; sug‘urta tariqasida unga to‘langan […]

Noxush voqea yuz berganda jabrlanuvchi yoki uning oila a’zolari ko’rishi kerak bo’lgan choralar
Dolzarb mavzu Maqolalar Mehnat va jtimoiy ta'minot

Noxush voqea yuz berganda jabrlanuvchi yoki uning oila a’zolari ko’rishi kerak bo’lgan choralar

Paxta terimi paytida terimchilarga aziyat yetkazuvchi noxush voqea yuz bergan holatda, jabrlanuvchi yoki uning oila a’zolari ko’rishlari kerak bo’lgan choralar bo’yicha tavsiyalar: –  Noxush voqea va uni keltirib chiqargan sabablar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni qurish lozim. Masalan, o‘quvchini paxta dalasi oldida mashina urib ketsa, javobgarlikka nafaqat haydovchi, balki maktab direktori ham […]

“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi yangi qonunda bilish lozim bo’lgan qoidalar
Maqolalar Sharh

“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi yangi qonunda bilish lozim bo’lgan qoidalar

2016-yil 16-sentabrda “Ichki ishlar organlari to’g’risida” qonun imzolandi. Mazkur qonunni ishlab chiqilishi uchun 5 yildan ortiq vaqt ketdi. Kuzatishimizcha, imzolangan qonunda bir necha kamchiliklar mavjud. Qonundagi mazkur kamchiliklar vakolatlarni suiiste’mol qilish qonun kuchga kirganidan keyin ham davom etishiga olib kelishi mumkin.  Shunday bo’lsa-da, ushbu qonunda har birimiz bilishimiz va talab qilishimiz […]

Majburiy mehnatga qarshi milliy-huquqiy choralar
Maqolalar Mehnat va jtimoiy ta'minot

Majburiy mehnatga qarshi milliy-huquqiy choralar

Shaxslar davlat organlari va mansabdor shaxslarning g’ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) oqibatida o’z huquqlarini buzilgan deb hisoblaganlarida, shikoyat bilan tegishli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega. Huquqbuzarliklarga qarshi ko’rish mumkin bo’lgan huquqiy choralarni shartli ravishda ma’muriy va sud tartibida amalga oshiriladigan choralarga bo’lish mumkin. Davlat organi va mansabdor shaxsning xatti-harakatlari […]

Bolalar paxta terishi mumkinmi?
Maqolalar Mehnat va jtimoiy ta'minot

Bolalar paxta terishi mumkinmi?

“Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasiga binoan, “bola” deb o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga etgunga) qadar bo‘lgan shaxsga aytiladi. 10-moddada har bir bola erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egaligi belgilangan. Davlat bolani ekspluatatsiyaning barcha shakllaridan himoya qilishni o’z zimmasiga oladi. 20-moddaga ko’ra, ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan boshlab yo‘l […]

Paxta terimiga chiqish qachon “majburiy mehnat” hisoblanadi?
Maqolalar Mehnat va jtimoiy ta'minot

Paxta terimiga chiqish qachon “majburiy mehnat” hisoblanadi?

Majburiy mehnat nima? O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mehnat qilish bilan bog’liq bo’lgan asosiy tamoyillarni belgilaydi. Uning 37-moddasiga ko‘ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega. Mazkur modda davomida majburiy mehnat taqiqlanishi va unga faqatgina qonunda ko’rsatilgan hollardagina ruxsat berilishi aytiladi. Majburiy mehnat tushunchasiga O‘zbekiston […]

Haydovchilikka o’qish va imtihon topshirish boshqa-boshqa hududlarda bo’lishi mumkinmi?
Jinoyat va ma'muriy huquq

Haydovchilikka o’qish va imtihon topshirish boshqa-boshqa hududlarda bo’lishi mumkinmi?

Savol: Man Samarqand viloyatidan ro’yxatdan o’tgan edim. Endi Toshkent shahrida ro’yxatga olindim. Men Samarqandda haydovchilik guvohnomasiga olish maqsadida o’qishga ariza topshirib, u yoqda o’qidi degan qog’oz olib kelsam, Toshkentda imtihon topshirib, haydovchilik guvohnomasini olsam bo’ladimi? Javob: O`zbekiston Respublikasida haydovchilarni tayyorlash va haydovchilik guvohnomasini berish masalalari “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 […]

Majburiy paxta yig’im-terimiga qarshi huquqiy qo’llanma – Qisqa varianti
Dolzarb mavzu Maqolalar Xabarlar

Majburiy paxta yig’im-terimiga qarshi huquqiy qo’llanma – Qisqa varianti

O’zbekistonda paxta terimi boshlandi. Har yilgidek, joriy mavsumda ham davlat byudjeti asosida ishlovchi tashkilotlar, maktab, kollej, litsey va oliy o’quv yurtlari xodimlari, o’qituvchilar, talabalar va hatto xususiy sektorda ish yurituvchilar ham majburan terimga safarbar etilmoqda. Saytimizda bundan oldin e’lon qilingan paxta terimiga majburan olib chiqish, jumladan, voyaga yetmagan shaxslarni paxta […]

Buvimning nomidagi merosga qanday da’vo qilishimiz mumkin?
Fuqarolik va oila huquqi

Buvimning nomidagi merosga qanday da’vo qilishimiz mumkin?

Savol: 4 yoshligimda dadam vafot etgan. Dadamnig vafotidan so’ng men va opalarimni ammam ko’chaga chiqarib yuborishgan. Oradan 17 yil o’tdi, otamdan qolgan meros uy buvimning nomida ekan. Biz bu uyga qanday da’vo qilishimiz mumkin? Javob: Savolda so`ralgan meros masalasi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V bo`limi bilan tartibga solinadi. Kodeksning 1112-moddasiga […]

Majburiy mehnat qurbonlari va sharoitlari
Maqolalar Mehnat va jtimoiy ta'minot

Majburiy mehnat qurbonlari va sharoitlari

Bundan oldingi maqolaarimizda majburiy mehnat hamda bolalar mehnati haqida yozdik. Endi esa majburiy mehnatga kimlar qurbon bo’lishi mumkinligi yoki bo’layotgani hamda majburiy mehnat sharoitlari haqida yozamiz. Majburiy mehnat qurbonlari Paxta terimi bilan bog’liq majburiy mehnat oqibatida shaxslar paxta terimi bilan bog’liq ishlarda yuqori turuvchi mansabdor shaxslar yoki paxta terimiga mas’ul […]