Month: April 2013

Amerikada advokatlik xizmatlari qanday ishlaydi?
Maqolalar

Amerikada advokatlik xizmatlari qanday ishlaydi?

Rakhmad Sobirov* Bugungi kunda o’zbekistonliklar dunyoning deyarli barcha davlatlariga kirib borgan, desak xato bo’lmaydi. Buni vatandoshlarimizning “global fuqaro” sifatida shakllanayotganligiga dalil desak ham bo’ladi. Dunyoning qaysi bir davlatiga bormang, o’sha yerda o’qish, sayohat, ish safarlariga borgan yoki doimiy ravishda chet ellarda istiqomat qilayotgan o’zbekistonlik hamyurtlarimizni uchratishingiz mumkin. Bu globallashuv ma’lum […]

1-sentabrdan chet tili o’qituvchilarining maoshi oshadi
Xabarlar

1-sentabrdan chet tili o’qituvchilarining maoshi oshadi

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan, 2013-yilning 1-sentabridan boshlab chet tili o’qituvchilarining oylik maoshi qishloq joylarida ta’lim beruvchilar uchun 30 foizga, boshqa joydagi o’qituvchilar uchun esa 15 foizga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida» 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish […]

Toshkent shahar hokimining garajlarni buzish haqidagi qarori qonuniymi?
Xo'jalik va uy-joy huquqi

Toshkent shahar hokimining garajlarni buzish haqidagi qarori qonuniymi?

O’tgan yil iyun oyida aholi noroziligiga sabab bo’lgan garajlarning buzilishi va bu holatda garaj egalarining qanday huquqlari borligi haqida maqola chop etgan edik. Mazkur maqolada asosiy masala mulkdorlar xususiy mulklarini qonunan qanday himoya qilishlari mumkiligi haqida edi. Kuni-kecha garajlarning buzilishi yana avj olgani haqida Газета.uz va bir qator boshqa ommaviy […]

Kanadaga immigratsiya qilishning yangi imkonlari (Ikkinchi maqola)
Maqolalar

Kanadaga immigratsiya qilishning yangi imkonlari (Ikkinchi maqola)

Rakhmad Sobirov* Oldin nashr etilgan maqolamizda (“Kanadada yashash huquqini qanday qo’lga kiritish mumkin?”) va’da qilganimizdek, ushbu maqolada Kanadaga immigratsiya orqali kelishning eng yangi imkoni, ya’ni “Federal Skilled Trades Program” haqida batafsilroq to’xtalmoqchimiz. Bu immigratsiya dasturi Kanada federal hukumati amalga oshirgan eng yangi immigratsiya dasturi bo’lib, 2013-yilning 2-yanvaridan boshlab amal qila […]

Xodimni roziligisiz boshqa ishga o’tkazish mumkinmi?
Mehnat va jtimoiy ta'minot

Xodimni roziligisiz boshqa ishga o’tkazish mumkinmi?

Savol: Men davlat ishxonasida ishlayman. Meni ruxsatimsiz boshqa lavozimga o’tkazishlari mumkinmi va uning javobgarligi qanday bo’ladi? Javob: O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 1-moddasi 3-qismida, mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo`yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar […]

Ikki yoshgacha bola parvarishi uchun nafaqa hammaga beriladimi?
Mehnat va jtimoiy ta'minot

Ikki yoshgacha bola parvarishi uchun nafaqa hammaga beriladimi?

Savol: Ikki yoshgacha bola parvarishi uchun olinadigan pulning qancha bo’lishiga ota maoshining ta’siri bormi? Ikki yoshgacha bola puli hammaga beriladimi yoki faqat kam ta’minlanganlargami? Uni olish tartibi qanday va kam ta’minlanganlarga berilsa, oila daromadi qancha bo’lishi kerak? Javob: O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 4-moddasida oilaning, onalik, otalik va bolalikning muhofaza qilinishi […]

Harbiy xizmatdan kimlar ozod qilinadi?
Harbiy

Harbiy xizmatdan kimlar ozod qilinadi?

Savol: Yoshim 23da. 2012-yili oliy o’quv yurtini tugatdim. Viloyatimga kelib, voyonkomatga “propisnoy”imni “propiska”ga qo’yish uchun borgandim, majbiriy ravishga bir oylik armiyaga shartnoma tuzdirib qolishdi. Endi hozir pulini to’laysan, deb har kuni xabar jo’natishyapti. Oilada bitta farzandman. Yana meni tibbiy ko’rikdan o’tkazmasdan turib shartnomaga qo’l qo’ydirib pul o’tkazdirishyapti. Armiyaga borishga mening […]

Dekretga chiqsam, qancha pul olaman?
Mehnat va jtimoiy ta'minot

Dekretga chiqsam, qancha pul olaman?

Savol: Yaqinda dekretga chiqmoqchiman. Ishlayotgan kompaniyamning buxgalteri juda makkor inson. Qanday bo’lmasin, xodimlar bilan tortishib, o’zinikini to’g’ri deb turadiganlardan. Shuning uchun hatto otpusk pullarimning ham yarmini zo’rg’a oldim, xolos. Xullas, oyligim 400 000 so’m. Dekretga necha pul bilan chiqaman? Javob: O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 233-moddasida homiladorlik va tug`ish ta’tillari ko`rsatilgan. […]

Prokuror inson huquqlari to’g’risida qonun qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi
Xabarlar

Prokuror inson huquqlari to’g’risida qonun qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi

Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Rashitjon Qodirov mamlakatdagi inson huquqlari ahvoli haqida hisobot berib, bu borada yo’l qo’yilayotgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni oshirish maqsadida yangi qonun loyihasi tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “O’zA” axborot agentligi xabar qildi. Bosh prokurorning aytishicha, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish sohasida […]

Oliy Sud tarkibi o’zgardi
Xabarlar

Oliy Sud tarkibi o’zgardi

Oliy Majlis Senatining 2013-yil 29-martdagi qaroriga binoan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga quyidagi yangi sudyalar saylandi: Akbarov Nematjon Axmedjanovich; Yodgorov Xolmumin Buvraboevich; Ziganshina Guzal Ravilyevna; Kamilov Davlatmirza Kazakdjanovich; Raxmatov Temur Telmanovich; Umarov Saidaxror Askarovich. Boshqa ishga o’tganligi munosabati bilan Mirraximov Mirali Maxmutjonovich Oliy Sud sudyasi lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Oliy Majlis […]

Xorijda olingan haydovchilik guvohnomasi O’zbekistonda o’tadimi?
Jinoyat va ma'muriy huquq

Xorijda olingan haydovchilik guvohnomasi O’zbekistonda o’tadimi?

Savol: O’zbekistonda haydovchilik guvohnomasi olish uchun Qozo’giston yoki Rossiya davlatlaridagi avto maktablarda olingan guvohnoma asosida imtihon topshirsa bo’ladimi? Yoki O’zbekistonda ro’yxatdan o’tgan hududda o’qishi shartmi? O’zbekistonga atigi bir oyga boradiganlar qanday qilib haydovchilik guvohnomasi olishi mumkin? Chet elda yoki MDH davlatlarida olingan haydovchilik guvohnomasi O’zbekistonda ham o’tadimi? Javob: O`zbekiston Respublikasi […]

Shaxsiy saytimga reklama qo’ya olamanmi?
Tadbirkorlik

Shaxsiy saytimga reklama qo’ya olamanmi?

“Reklama to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasida reklamaga doir asosiy talablar ko`rsatib o`tilgan. Ushbu qonunning 8-moddasida reklama beruvchining huquq va majburiyatlari belgilab qo`yilgan. Agar siz ushbu saytdan tijorat maqsadida foydalanmoqchi bo`lsangiz, “Elektron tijorat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasiga binoan, elektron tijorat ishtirokchisi bo`la olasiz. Ushbu qonunning 6-moddasida elektron tijoratni amalga oshiruvchi […]