Month: March 2013

Shaxsiy avtomobilimda yuk tashishim mumkinmi?
Tadbirkorlik

Shaxsiy avtomobilimda yuk tashishim mumkinmi?

Savol: Andijondan Toshkentga tirikchilik yuzasidan avtomobilimda xaridorlarimning bozorlardan sotib olgan tovarlarini ular aytgan manzilga olib borib beraman. Yo’lda meni militsiya xodimlari ta’qib qilib, avtomobilimni obdon tekshirib chiqishadi. Mashinamni tintuv qilib tovarni ichki ishlar bo’linmasiga olib ketishmqochi bo’lishadi. Tovar, asosan, O’zbekistondagi xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgani bois menda tovar uchun hujjat yo’q. […]

Mashinaga videokamera o’rnatish mumkinmi?
Jinoyat va ma'muriy huquq Sharh

Mashinaga videokamera o’rnatish mumkinmi?

Transport vositasi haydovchilari orasida avtoulov videoregistratorini o’rnatish tabora keng tarqalmoqda. O’z navbatida, bunday amaliyot avtoulov haydovchilari va DAN xodimlari o’rtasida kelishmovchiliklarga ham sabab bo’lmoqda. Haydovchilar bunday jihozni o’z mashinalari saloniga o’rnatishga haqlari borligini aytsa, DAN xodimlari bu ishning noqonuniyligini aytadi. Bu maqolada ushbu masalaga oydinlik kiritib, bir-biriga bog’liq bo’lgan ikki […]

Vahshiylik zaruratga aylanganda yoxud kannibalizmni oqlash mumkinmi? (Birinchi maqola)
Maqolalar

Vahshiylik zaruratga aylanganda yoxud kannibalizmni oqlash mumkinmi? (Birinchi maqola)

Faraz qiling, siz bir odamning o’limiga sabab bo’lish orqali ko’pchilikning hayotini saqlab qolishingiz mumkin. Ushbu vaziyatda qanday yo’l tutgan bo’lardingiz? Ko’pchilik manfaati uchun bir kishini yoki ozchilikni hayotdan mahrum qilish mumkinmi? Bu haqda xalqaro huquq nima deydi? Axloqiy-ma’naviy qarashlar qanday? Bunday masala hayotda kam uchragani bois, ko’pchilik uchun u haqda […]

Prokurorlarga bepul turar-joy beriladi
Monitoring Xabarlar

Prokurorlarga bepul turar-joy beriladi

2013-yil 6-mart kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan, doimiy yashash joyidan tashqaridagi hududda ishga tayinlangan prokuratura organlari xodimlariga davlat hisobidan turar-joy beriladi. “Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko’ra, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori bilan […]

Farzandlarim samolyotda yolg’iz uchishi mumkinmi?
Fuqarolik huquqi

Farzandlarim samolyotda yolg’iz uchishi mumkinmi?

Savol: Germaniyada yashayman. 10 va 6 yoshli ikki farzandimni O’zbekistonga jo’natmoqchiman. Ularni yolg’iz o’zlarini yuborishim mumkinmi? Javob: Avvalo, siz farzandlaringiz uchadigan aviakompaniya bilan bog’lanib, ulardagi yosh bolalarning yolg’iz uchishiga oid qoidalar haqida ma’lumot olishingiz kerak. Yolg’iz uchishi mumkin bo’lgan bolalarning minimum yoshi va ularning uchish tartibi turli aviakompaniyalarda turlicha bo’lishi […]

Onamning uyida ro’yxatda turishga haqqim yo’qmi?
Fuqarolik huquqi

Onamning uyida ro’yxatda turishga haqqim yo’qmi?

Savol: Onam yashaydigan va onamga tegishli uyda “propiska”da turishga huquqim bormi? Agar buni onam xohlamasa, “propiska”ga turish uchun qanday yo’l tutishim lozim? Umuman, shaxsiy uy-joyga ega bo’lgunga qadar doimiy ro’yxat bilan bog’liq qanday holatlar mavjud? Javob: Voyaga yetmagan, ya’ni 18 yoshga to’lmagan farzandlar ota-onasining uy-joyida yashasa, uy-joy egasining rozi yoki […]

Futbol muxlislari stadionda o’zini qanday tutishi kerak?
Sharh

Futbol muxlislari stadionda o’zini qanday tutishi kerak?

Yaqinda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Futbol federatsiyasi tomonidan Futbol bo’yicha sport musobaqalarini o’tkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) o’zini tutish Qoidalari ishlab chiqildi. Mazkur qoidalar 22-fevral kunidan e’tiboran kuchga kirdi. Bu maqolada shu Qoidalarning ayrim bandlariga to’xtalib o’tamiz.       Avvalo, shuni aytish lozimki, bu qoidalar faqat futbol bo’yicha […]

Tergovchi ustidan shikoyat qilish mumkinmi?
Jinoyat va ma'muriy huquq

Tergovchi ustidan shikoyat qilish mumkinmi?

Savol: Otamni 2012-yil 2-mart kuni Samarqand viloyati Bulung’ur tumanilik bir odam Damas rusumli mashinasi bilan urib, umriga zolim bo’lgach, qochib ketdi. Ushbu jinoiy ish bo’yicha shug’ullangan tergovchi jinoyatchidan katta miqdorda summa olib, bizga yolg’on informatsiya berdi. Ekspertiza xulosasini aytmadi va yuborilgan “iltimosnoma”miz natijasiz qoldi. Bunday holatda qanday yo’l tutish lozim? […]