Month: August 2012

Chet elda nikohdan ajrashish mumkinmi?
Fuqarolik huquqi

Chet elda nikohdan ajrashish mumkinmi?

Savol: Men O’zbekistonda nikohdan o’tganman. Nikohdan keyin erim bilan AQShga keldik. Endi esa ajrashmoqchimiz. Bu yerda turib nikohdan ajrashishimiz mumkinmi? Javob: Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 38-moddasiga ko’ra, nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi. Mazkur Kodeksning 42-moddasiga ko’ra esa, voyaga yetmagan bolalari bo’lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o’zaro rozi bo’lsalar, […]

O'lim to'shagi
Maqolalar

O’lim jazosini quvvatlovchi va unga qarshilarning asosiy dalillari

O’lim jazosi mavzusi hamisha qizg’in bahs-mulohazalarga sabab bo’lib kelgan. Shu kunlarda bu mavzu keng muhokama qilishga undaydigan bir necha voqealar sodir bo’ldi. O’tgan yilning iyul oyida Norvegiyada 77 insonni o’ldirgan Anders Breyvik  24-avgustda 21 yillik qamoq jazosiga hukm etildi. Ko’plab kishilar bunday jazo qilmishga munosib emasligini, Anders Breyvikni o’lim jazosiga mahkum […]

Pornografiyani taqiqlash borasida ba’zi mulohazalar
Jinoyat va ma'muriy huquq

Pornografiyani taqiqlash borasida ba’zi mulohazalar

Shu yilning aprel oyida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining pornografiya mahsulotlarini taqiqlovchi 130-moddasiga o’zgartish kiritildi. Mazkur o’zgartishlardan asosiy maqsad odob-axloqqa qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish orqali jamiyatda pornografiyani targ‘ib qiluvchi xatti-harakatlarning oldini olish. Bu borada so’nggi yillarda kuzatilgan bir qator hodisalar davlatni shunday chora-tadbirlarni kuchaytirishga undagan bo’lishi mumkin. Kun.uz veb sahifasiga […]

Ro’za tutmaslik jinoyatmi? (Davomi)
Vijdon erkinligi

Ro’za tutmaslik jinoyatmi? (Davomi)

Ayrim davlatlarda Ramazon oyida ro’za tutmaslik yoki jamoat joylarida ovqatlanish, suv ichish, yoki chekish uchun (ham musulmonlar, ham musulmon bo’lmaganlar) jinoiy javobgarlik belgilangan. Quyida shunday javobgarlik amalda bo’lgan ayrim davlatlarni misol qilib keltiramiz. 2008-yilda Jazoirning janubida joylashgan Biskra shahrida sud 6 kishini ro’za vaqtida ovqat yegani uchun har birini 4 […]