Month: April 2012

© Azcapitoltimes.com
Maqolalar

Noqonuniy muhojirlar: Ularning qanday huquqlari bor?

Aholisi 310 millionga yaqin Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSH) muhojirlar mamlakatidir. Taxminlarga ko’ra, AQSH hududida bugun 12-15 million noqonuniy muhojir yashaydi. Noqonuniy muhojir bu AQSHda qonuniy ravishda istiqomat qilishga hujjati bo’lmagan shaxsdir. Noqonuniy muhojirlar immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan tutilgan taqdirda, o’z vatanlariga deportatsiya (badarg’a) qilinadilar. Masalan, “Amerika Ovozi”ga ko’ra, har yili […]

Bolalarning masjidga borishi noqonuniymi?
Vijdon erkinligi

Bolalarning masjidga borishi noqonuniymi?

Savol: Masjidlarga yosh bolalarni kiritishmayapti. Maktab payti o’qishdan chalg’itadi, deyishlarini tushunsa bo’ladi, ammo maktabdan so’ng yoki ta’til vaqtlarida ham masjidlarga militsiya xodimlari tomonidan kiritilishiga to’sqinlik bo’layapti. Yosh bolalarning masjidlarga borishini taqiqlaydigan qonunlar bormi? Javob: Voyaga yetmaganlar ham vijdon erkinligi huquqiga ega O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasi[*]ga ko’ra, fuqaroning muomala layoqati […]

Jukovskiy mehnat lageri, Bryanskiy oblasti, Rossiya, 1985-yil. © Vyacheslav Bobkov
Jinoyat va ma'muriy huquq

Axloq tuzatish ishlari qanday jazo?

Savol: Axloq tuzatish ishlari haqida batafsil ma’lumot bersangiz. Javob: Axloq tuzatish ishlari jazosi faqat asosiy jazo tariqasida qonunda ko‘rsatilgan hollarda yoki qonunda ko‘rsatilganidan ham engilroq jazo tayinlanganda tayinlanishi mumkin. Axloq tuzatish ishlari  Jinoyat Kodeksining 46-moddasiga binoan ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan miqdorda davlat daromadiga ushlab qolish bilan olti […]

Hadya shartnomasini bekor qilish mumkinmi?
Fuqarolik huquqi

Hadya shartnomasini bekor qilish mumkinmi?

Savol: Hadya shartnomasini bekor qilish mumkinmi? Qanday hollarda shartnomani bekor qilish mumkin? Javob: Hadya shartnomasiga ko’ra, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabini) beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni […]

Militsiya ustidan qayerga shikoyat qilish mumkin?
Jinoyat va ma'muriy huquq

Militsiya ustidan qayerga shikoyat qilish mumkin?

Fuqarolar mansabdor shaxslar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega Fuqarolarning davlat organlari va mansabdor shaxslar ustidan shikoyat qilish huquqi O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari” to’g’risidagi qonuni (Bundan keyin Qonun) bilan tartibga solinadi. Qonunning 1-moddasiga ko’ra, fuqarolar davlat boshqaruvida ishtirok etishga va O’zbekiston Konstitutisyasi va boshqa qonunlarida o’zlariga berilgan huquqlar va erkinliklarni ro’yobga […]

Yaxsi advokatni qanday topish mumkin?
Maqolalar

Yaxsi advokatni qanday topish mumkin?

Mirakmal NIYAZMATOV AQShda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasida turli huquqiy muammolarga duch kelib, advokat qidiruvchilar ko’p uchraydi. Huquqiy muammo qisqa muddatda va sizning foydangizga hal bo’lishi uchun siz tanlagan advokat malakali va o’z kasbiga fidoyi bo’lishi kerak. Aksincha, malakasi past yoki insofsiz advokatga duch kelsangiz, pulingiz va vaqtingiz zoye bo’lishi bila […]

© Namangan shahar hokimiyati
Mehnat va jtimoiy ta'minot

Mahalla yig’ini qarori ustidan kimga shikoyat qilish mumkin?

Savol: Mahalla raisi ishlamaydigan onalarga bola 2 yoshga yetguncha to’lanadigan nafaqani berishdan sababsiz bosh tortsa, kimga murojaat qilish kerak? Javob: Bunday holda tuman hokimiyatiga mahalla yig’ini qaroridan norozi bo’lib shikoyat bilan chiqishingiz kerak. Vaqtdan yutish maqsadida shikoyatning bir nusxasini tuman ijtimoiy ta’minot bo’limiga ham topshirsangiz bo’ladi. Ikkala organ ham ushbu […]

© The Herald Sun
Maqolalar

AQSh fuqaroligi sari odimlar: Naturalizatsiya jarayoni nima?

Doimiy turar joyga ega bo’lganlarning AQSh fuqaroligini olishi ularni yangi huquq va afzalliklar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, AQSh fuqaroligi yangi majburiyatlarni ham yuklaydi. Ushbu bo’limda sizning e’tiboringizga AQSh fuqaroligini olish uchun foydali maslahatlar, fuqarolik olish zarur bo’lgan jarayonlar haqida ma’lumotlarni havola etamiz. AQSh fuqaroligini olish uchun ishonch qasamyodini keltirishingiz lozim. Boshqa, […]

Pensiya yoshiga yetmasdan pensiyaga chiqish mumkinmi?
Mehnat va jtimoiy ta'minot

Pensiya yoshiga yetmasdan pensiyaga chiqish mumkinmi?

Savol: Opam 1960-yilda tug’ulgan. 1978 – 1988 yillarda davlat ishxonasida ishlagan. Hozir 5 nafar bolaning onasi sifatida, qarilik pensiyasiga chiqishi mumkinmi? Javob: O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonuniga ko’ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga: erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar […]