Fuqarolik huquqi

16 yoshga to’lmagan fuqaro xorijda pasport olishi mumkinmi?

Savol: 16 yoshga to’lmagan bolalar uchun pasport olish uchun qanday hujjatlar topshiriladi? Agar u bola doimiy chet davlatda yashayotgan bo’lsa, pasportni shu yerdagi konsullik idorasidan olish mumkinmi?

Javob:

16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun pasport olish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to‘g‘risidagi

Nizomga ko’ra, 16 yoshga to’lmagan bolalar uchun pasport yoki harakatlanish hujjatini olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) pasport yoki harakatlanish hujjatini berish uchun belgilangan shakldagi ariza;

b) biror muassasa yoki tashkilot orqali chet elga chiqilgan taqdirda muassasa yoki tashkilotning belgilangan namunadagi buyurtmanomasi;

v) tug‘ilganlik haqida guvohnoma;

g) 35×45 mm o‘lchamli fotosurat;

d) pasport yoki harakatlanish hujjati yo‘qotilgan yoki o‘g‘irlangan hollarda fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs qonuniy vakillarining yozma arizasi;

e) pasport yoki harakatlanish hujjati yo‘qolganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (chet elda yo‘qolganda);

j) davlat boji yoki konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar to‘langanligi haqida kvitantsiya.

Pasport yoki harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish jarayonida bolaning millati ota-onalarning millati bo‘yicha aniqlanadi. Agar ota-onalar turli millatlarga mansub bo‘lsalar, pasport yoki harakatlanish hujjatini berishda fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning millati pasport yoki harakatlanish hujjatini oluvchining xohishiga ko‘ra, otasi yoki onasining millati bo‘yicha yoziladi.

Pasport yoki harakatlanish hujjatini berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi. To‘liq davlat qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Xorijdagi 16 yoshga to’lmagan bolalar uchun pasport olish

Xorijdagi o‘zbekiston respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston respublikasi fuqarolariga pasport berish va almashtirish tartibiga ko’ra, chet elda doimiy yashayotgan 16 yoshga to’lmagan fuqarolar pasportni xorijdagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsullik muassasasidan oladi. Buning uchun elchixona yoki konsullik muassasasiga quyidgai hujjatlarni topshirish lozim:

to’ldirilgan ariza anketa formasi;

tug’ilganlik haqida guvohnoma’

35 x 45 mm o’lchamdagi oq-qora yoki rangli fotosurat;

O’zbekiston Respbulikasi fuqaroligi yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham so’ralishi mumkin.

Bundan tashqari, vaqtincha chet elda bo‘lgan va konsullik hisobida turmagan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to‘g‘risida Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasiga qaytishga sertifikat olish uchun O‘zbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga murojaat qiladilar.

Vaqtinchalik konsullik hisobiga olish o‘qish, davolanish, xalqaro sport musobaqalarida, madaniy va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijga chiqib ketgan va xorijga vaqtincha chiqishni belgilangan tartibda rasmiylashtirgan voyaga yetmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi.

Vaqtinchalik konsullik hisobiga olish, agar shaxs mamlakatda ochiqchasiga turgan bo‘lsa va agar u mazkur mamlakatga olti oydan ortiq muddatga kelgan bo‘lsa rasmiylashtiriladi.

2 Comments