“Tashabbus” sayti o’zining podkast loyihasini rasman boshladi. Birinchi podkastimizni majburiy mehnat va unga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar mavzusiga bag’ishladik.
Majburiy mehnat nima? Hayotimizda uchraydigan qanday holatlar majburiy mehnatga misol bo’la oladi? Fuqarolar o’zlari istamagan mehnatga majburlanganda, qanday yo’l tutishi kerak? Bunday huquqbuzarlikka qarshi qanday choralar ko’rish mumkin?
“Tashabbus” saytining ilk podkastida shu savollarga javob izlaymiz.
Bizni “Soundcloud”dagi sahifamiz orqali kuzatib boring.